Qamçiq dovonidagi yöl-patrul xizmati otryadi xodimlari tomonidan qidiruvda bölgan avtomobil uşlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, «Nexia-2» rusumli, 40701BBA davlat raqam belgili avtomobil töxtatilib tekşirilganda, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça muddati ötib ketgan 100 mln sömlik qarzi borligi, umumiy hisobda 28 marta yöl harakati qoidasini buzgani va qidiruvga berilgani aniqlangan.  

Avtomobil vaqtinçalik saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.