Kun.uz Haj va Umra ziyorati böyiça aholidan kelib tuşayotgan murojaatlarga asosan, Hajga borişning amaldagi tartibi va Umra ziyoratida körsatilayotgan xizmatlar yuzasidan aholining fikrlari aks etgan materiallarni çop etgan edi.

Şuningdek, 7 fevral kuni bir neça xususiy turfirmalar rahbarlari bilan intervyu e'lon qilingan, unda turfirma rahbarlari Umra uçun viza olişa olmayotganini bildirişgandi.

Şundan söng tahririyat mazkur masalalar yuzasidan töplanib qolgan savollar bilan Din işlari böyiça qömitaga murojaat qildi. 11 fevral kuni qömita matbuot xizmati mazkur savollarga javob taqdim etdi.

1-savol: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 martdagi 154-F-sonli farmoyişida Haj va Umra ziyoratlarini taşkil etişda bozor mexanizmlarini joriy etiş, körsatiladigan xizmatlar narxini arzonlaştiriş kerakligi alohida qayd etilgan. Hujjatning 2-ilovasi, 1-bandida umra tadbirining turistik firmalar tomonidan taşkil etilişini yölga qöyiş böyiça takliflarni işlab çiqiş vazifa etib belgilangan. Biroq ötgan vaqt davomida nima sababdan xususiy sektorning uşbu faoliyat bilan şuğullanişi, ya'ni viza olişi va Toşkent-Jidda yönalişidagi aviaqatnovlardan foydalanişiga yöl bermayapti? Bu borada monopoliya bekor qilinmayotgani nima bilan izohlanadi?

Javob: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 martdagi 154-F-sonli Farmoyişida belgilangan topşiriqlar ijrosi bajarilgan. Xususan:

2019 yil Haj va Umra mavsumlarida körsatiladigan xizmatlar narxlari sezilarli darajada arzonlaştirildi va bu haqda Din işlari böyiça qömitaning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Umra tadbirini turistik firmalar tomonidan taşkil etilişini yölga qöyiş böyiça takliflar işlab çiqiş hamda Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotgan firmalarni örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari A.Abduhakimov boşçiligida işçi guruhi tuzildi hamda 2019 yilning 8-15 mart kunlari mazkur guruhning Saudiya Arabistoniga xizmat safari amalga oşirildi.

Işçi guruhi tomonidan Saudiya Arabistonida faoliyat yurituvçi şirkatlar imkoniyatlari örganildi va belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot kiritildi.