Bugun, 15 noyabr kuni «Özbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining örni» mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi. Özbekistonda birinçi marta ötkazilgan uşbu anjuman Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan Oliy Majlis Senati, AOKA va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Konferensiyada yetakçi investitsiya kompaniyalari, moliyaviy institutlarning vakillari, kapital bozorining yetakçi ekspertlari, Özbekistonning yirik kompaniyalari va davlat organlari vakillari iştirok etişdi.
Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirovning aytişiça, uşbu tadbir Özbekistonning yetakçi kompaniyalari va xalqaro investitsiya hamjamiyati, şuningdek, kapital bozorining boşqa iştirokçilari örtasida samarali hamkorlik örnatiş uçun yaratiş maqsadida taşkil etildi.

Xalqaro konferensiyada sözga çiqqan xorijiy ekspertlar Özbekiston iqtisodiyotini bank sektoriga qayta kreditlaş jarayonida davlatning iştiroki haddan taşqari yuqori ekanini qayd etişdi va bunday şaroitda kapital bozorining rivojlanişi iqtisodiy rivojlaniş sur'atlarini tezlaştirişda muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlaşdi.
Şu bilan birga, qonunçilikni «frontier markets» – çegara bozorlariga (ya'ni endigina rivojlanayotgan bozorlarga) muvofiqlaştiriş, moliya bozorining tarkibiga brokerlar, pensiya jamğarmalari, suğurta kompaniyalari va banklarni öz içiga olgan ekotizimni yaratiş, Jamoaviy investitsiya institutlarini rivojlantiriş, şuningdek, yakka investorlarga bozorga sodda va tuşunarli kirişni ta'minlaş orqali aholining mablağlarini fond bozoriga jalb qiliş mexanizmini işlab çiqiş Özbekistonda kapital bozorini rivojlantirişning eng dolzarb vazifalari hisoblanadi.
Kapital bozorini rivojlantirişning asosiy vazifalaridan biri emitent kompaniyalarning oçiqligi va şaffofligini ta'minlaşdir. Şu örinda Özbekistondagi eng yirik emitentlarning aksariyati davlat kompaniyalari ekanini alohida qayd etib ötiş kerak. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyevaning sözlariga köra, uşbu vazifa AOKAning Özbekistondagi davlat organlari va boşqa taşkilotlarning oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş böyiça belgilangan yönalişiga mos keladi.
















