Zoom videoaloqa servisi aksiyalari narxi tuşib ketişi natijasida milliarder Erik Yuanning boyligi bir kun içida 3,1 mlrd dollarga kamaydi. Seşanba kuni Zoom Video Communications ZM aksiyalari narxi 15,06 foizga arzonlaşdi.
Kompaniyaning 15 foiz uluşiga egalik qiluvçi Yuanning boyligi miqdori 17,9 mlrd dollarga tuşib qoldi.
Uçinçi çorak davomida Zoom 777,2 mln dollar daromad qilgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 367 foizga köpdir.
Ammo Zoom törtinçi çorakda daromad ösişi sekinlaşib, 329 foizni taşkil etişi mumkinligini taxmin qilganidan söng investorlarning hafsalasi pir böldi. Bundan taşqari, ular kompaniya aksiyalari asl narxidan ortiqça qimmat ekanligidan xavfsiraşmoqda. Hozirda bitta aksiya narxi 406 dollar deb baholanmoqda, kompaniyaning kapitalizatsiyasi 115,9 mlrd dollarga yetgan.
Bahorda Yuanning boyligi 5,5 mlrd dollarga teng edi. Ammo pandemiya boşlanganidan söng Zoom Video Communications ZM aksiyalari narxi ösa boşladi. Bunga millionlab kişilarning masofadan işlaş rejimiga ötişi va muloqot uçun videokonferensiyalardan foydalanişi sabab böldi.











