Bloomberğning sud qaroriga tayanib yozişiça, Zoom foydalanuvçilar ma'lumotlari maxfiyligini buzganlik haqidagi da'volarini qondiriş uçun 85 million dollar tölaydi.

AQŞning Kaliforniya ştati San-Xose federal sudi pandemiya davrida ommalaşgan Zoom video-konferens-aloqa xizmati va uşbu platforma foydalanuvçilari örtasidagi da'vo işini körib çiqdi.

Foydalanuvçilarning ta'kidlaşiça, platforma ular haqidagi ma'lumotlarni töplab, Facebook bilan bölişadi. Biroq Zoom mijozlarining şaxsiy ma'lumotlari boşqa kompaniyalarga taqdim etilişi mumkinligi haqida ogohlantirmagan. Şu tariqa sud işida Zoom iste'molçilar maxfiyligini himoyalaş töğrisidagi ştat qonunlarini buzgani tasdiğini topdi.

Sud Zoom foydalanuvçilar ma'lumotlarini Facebook’ka qonunga zid tarzda taqdim etgan, şuningdek, foydalanuvçilarning videoaloqalarini hakerlik hujumlaridan himoya qila olmagan va ularni xavfsiz şifrlamagan deb topdi.

Sud tortişuvlari jarayonida kelişuvga erişildi. Unga köra, Zoom foydalanuvçilarga tovon sifatida qariyb 85 million dollar tölaydi. Bundan platformaning pulli versiyasidan foydalanuvçilarga 25 dollardan, da'vo guruhiga mansub bölmagan foydalanuvçilarga esa 15 dollargaça tölab beriladi. Şuningdek, sud Zoom zimmasiga foydalanuvçilarning maxfiylik amaliyotini yaxşilaş majburiyatini ham yukladi.