Konferens-aloqa xizmatini taqdim etuvçi Zoom Video Communications kompaniyasi asosçisi va boş ijroçi direktori Erik Yuan kompaniyadagi qiymati 6 mlrd dollarlik 40 foiz uluşini noma'lum şaxslarga ötkazdi.
Ötkazma Yuan va uning rafiqasi boşqaradigan ikkita trast orqali amalga oşirilgan.
Zoom vakilining sözlariga köra, amalga oşirilgan operatsiyalar köçmas mulk bilan boğliq.
InsiderScore kompaniyasining ma'lumotlariga köra, Yuan bunga qadar kompaniyaning 15 foiz aksiyasiga ega bölgan eng yirik aksiyador edi.
Zoom aksiyalari narxi 2020 yil boşida 100 dollar atrofida bölgan bölsa, yil oxiriga kelib 500 dollardan oşdi. Kompaniyaning bozor narxi 98,49 mlrd dollarga baholanmoqda.











