Mana bir yarim yildirki, millionlab odamlar videomuloqot uçun Zoom'dan foydalanib kelyapti.
Köpçilik ekranda taqdimotni namoyiş etiş, reaksiyalarni qöllaş va fonni özgartiriş kabi funksiyalar örganib olgan. Biroq köp hollarda video qönğiroqlar hali ham kimdir tovuşni yoqişni unutişidan boşlanadi.
Dasturning şunday foydali imkoniyatlari borki, ular haqida hamma ham ma'lumotga ega emas. Mazkur maqolada ular haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Siçqonçani bir marta bosib, majlisdan çiqib ketiş
Odatda Zoom'dagi majlisdan çiqib ketiş uçun siçqonçani ikki marta bosiş talab etiladi. Buning sababi “Uçraşuvni tark etişdan oldin tasdiqlaşimni sörang” katakçasi avtomatik ravişda Zoom sozlamalarida tanlangan böladi. Agar siz mazkur belgini olib taşlasangiz, siçqonçani bir marta bosiş bilan Zoom uçraşuvlaridan çiqib ketişingiz mumkin.
Taşqi körinişni töğrilab oliş
Bu funksiya sozlamalardagi “Video” örnida joylaşgan. Yuzdagi husnbuzar könglingizni ğaş qilmasligi uçun yuz rangini oçartiriş va terini xiralaştiriş mumkin. Filtrdan foydalaniş darajasini boşqariş ham mumkin.
Ammo bu sozlamadan foydalanganda ehtiyot böliş kerak. Körinişi 1970 yillar portretidek bölgan odamga suhbatdoşlar jiddiy munosabatda bölmasliklari mumkin.
Fondagi şovqinni pasaytiriş
“Ovoz” qismida fondagi şovqinni qançalik pasaytirişni tanlaş mumkin. Şovqinni pasaytiriş heç nimani bosmaganingizda avtomatik tarzda ham amalga oşadi. Biroq boşqa variantlar ham bor. Ya'ni eng pastdan balandgaça, masalan, klavişlar taraq-turuqidan tortib, hatto itning akillaşini ham olib taşlaş mumkin.
Iştirokçini tezda taklif etiş
Alt+i (Windows uçun ) yoki command+i (Mac uçun) – Zoom uçun eng oddiy va foydali klavişlar birikmasi. Majlis vaqtida uni bosiş orqali taşkilotingizdagi kontaktlarni tezda taklif etişingiz yoki majlisda iştirok etmayotganlarga email yuborişingiz mumkin.
Qalqib turuvçi oyna konferensiyaga ötiş uçun havolani köçirib oliş yoki majlisga kiriş uçun ruxsat kodini köriş imkonini ham beradi.










