O‘zbekiston | 15:40 / 26.07.2022
72059
2 daqiqa o‘qiladi

Tracker-2 va Onix avtomobillari uchun shartnoma berish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Tracker-2 uchun shartnoma olganlar o‘sha vaqtdayoq, Chevrolet Onix uchun shartnoma tuzganlar esa 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilmoqda.

Foto: autostrada.uz

Joriy yilning sentabr oyidan Tracker-2, oktabr oyidan boshlab esa Chevrolet Onix avtomobillari uchun shartnomalar berish boshlanadi. Bu haqdagi ma’lumotlarni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Tracker-2’ning narxi hozircha ma’lum emas. Biroq u Xitoyda ishlab chiqariladigan modeldan biroz qimmatroq bo‘lishi istisno qilinmayapti: Asakadan chiqqan Tracker-2’ning dvigateli kuchliroq bo‘ladi. Ilk bosqichda LS, LT va Premier komplektatsiyalari sotuvga chiqariladi.

UzAuto Motors seriyali ishlab chiqara boshlagan ilk krossoveridan yiliga 80 ming dona chiqarmoqchi. 2022 yil oxirigacha 25 mingta Tracker-2 ishlab chiqarilishi reja qilingan. Dastlabki bosqichda shartnoma olganlar o‘sha vaqtdayoq mashinaga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi. 

Chevrolet Onix uchun shartnoma tuzganlar esa 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning fevral oyida mahalliy iqlim sharoitlarida sinash va salohiyatli xaridorlarning fikrini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga sinov uchun Chevrolet Onix’ning bir necha namunasi olib kelingandi.

Avvalroq, O‘zbekistonda Chevrolet Onix va Tracker ishlab chiqarish uchun qariyb 428 mln dollar ajratilishi reja qilingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid