Prezidentning «2022–2024 yillarga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror loyihasi muhokamaga qöyildi.
Loyihaga köra «Özavtosanoat» tomonidan Asaka şahrida Chevrolet Onix va Tracker rusumidagi avtomaşinalarni işlab çiqariş uçun 427,7 mln dollar miqdorida mablağlar jalb qilinişi rejalaştirilgan. Uşbu loyiha 2022 yilning yakuniga qadar işga tuşirilişi kutilmoqda va yiliga 190 ming dona avtomobil işlab çiqarişga möljallangan.
Bundan taşqari, «SamAvto»da işlab çiqarişni kengaytiriş uçun 30 mln dollar miqdoridagi mablağ sarflanadi va yiliga işlab çiqariş hajmini 6000 donaga yetkaziş közda tutilgan.
Şuningdek, Zangiotadagi «UzAutoMotors Powertrain» zavodida modernizatsiya va rekonstruksiya işlari amalga oşiriladi va yangi rusumdagi avtomobillar uçun yiliga 185 mingta dvigatel işlab çiqariş yölga qöyilişi reja qilingan. Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun 2020−2023 yillarda 190,8 mln dollar miqdorida mablağ ajratiladi.
Umumiy hisobda «Özavtosanoat» AJga qaraşli tarmoqlarda yangi quriş va modernizatsiya işlari uçun 648,4 mln dollar mablağ ajratilişi belgilangan.
Avvalroq, 2022 yilning kuzida Chevrolet Onix avtomobillarini işlab çiqariş boşlanişi kutilayotgani xabar qilingandi. Fevral oyida Özbekistonga sinov uçun Chevrolet Onixʼning bir neça namunasi olib kelingan va UzAutoMotors’ning bayonotida aytilişiça, uşbu namunalar mahalliy iqlim şaroitlarida sinaş va salohiyatli xaridorlarning fikrini örganiş maqsadida xarid qilingan.
Joriy yilning 25 yanvar kunidan boşlab yangi avloddagi Tracker işlab çiqariş yölga qöyilgandi.
Ma'lumot uçun, joriy yilda Özbekistonda avtomobil işlab çiqariş hajmi keskin darajada kamaydi. Bu esa avtomobil xarid qilişda uzun navbatlar yuzaga kelişiga sabab bölmoqda. UzAutoMotors rasmiylari bu holatni butun dunyo böylab kuzatilayotgan yarimötkazgiçlar tanqisligi bilan izohlagan. Faqatgina butlovçi qismlarining aksari mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib beriladigan «Damas» va «Labo» avtomobillarini yetkazib beriş hajmi ortgan.
Toşkentda avtosanoat monopoliyasi va uzun navbatlarga bağişlangan strit-art

4 sentabr kuni Toşkentda «UzAuto Motors» kompaniyasining monopoliyasi va buning ortidan avtomobillar uçun paydo bölayotgan uzundan uzun navbatlarga bağişlangan köça suratlari paydo böldi.












