Özbekiston respublikasi prezidentining 13 maydagi farmoniga binoan Toşkent şahrida Alişer Navoiy nomidagi Toşkent Davlat özbek tili va adabiyoti universiteti taşkil etiladi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Hujjatda aytilişiça, universitetni taşkil etiş bilan boğliq qaror özbek tili va adabiyotini, uning tarixiy ildizlarini va globallaşuv şaroitlaridagi rivojlaniş istiqbollarini çuqur tadqiq etiş, özbek tili va adabiyotini ta'lim-tarbiya tizimining barça bosqiçlarida öqitiş, şuningdek, kadrlar tayyorlaş sifatini östiriş ehtiyojlari bilan boğliqdir.
Yangi oliygoh Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Özbek filologiyasi fakulteti, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti Özbek tili va adabiyoti fakulteti hamda Özbekiston Fanlar Akademiyasi Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida taşkil etilmoqda.
Universitet tarkibida uçta fakultet böladi: Özbek filologiyasi, Özbek tili va adabiyotini öqitiş, Özbek-ingliz tarjimasi. Bundan taşqari, oliygoh huzurida özbek tili va adabiyoti Ilmiy-tadqiqot instituti işlaydi.
Fanlar Akademiyasining Alişer Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi ham yangi universitet tarkibiga kirib, uning asosida Özbek tili va adabiyoti muzeyi taşkil etiladi.
Oliygoh filologlar, ilmiy-pedagogik kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar yetiştirib beradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritadi, soha mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş bilan şuğullanadi, şuningdek, körsatilgan yönalişlar böyiça ilmiy va öquv-metodik materiallar tayyorlab beradi.
Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- özbek tili va adabiyotini, uning öziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini çuqur özlaştirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaş;
- ilmiy, badiiy va boşqa sohalardagi adabiyotlarni özbek tilidan ingliz va boşqa xorijiy tillarga, şuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlaş;
- talaba yoşlarni, özbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbaşariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqaraşga ega bölgan va mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalaş;











