Koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş, uşbu kasallikka çalingan bemorlarni samarali davolaşda katta tajriba va malakaga ega özbekistonlik bir guruh şifokor mutaxassislar Tojikiston Respublikasiga yöl olişdi. Ularni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov kuzatib qöydi.



«Ma'lumki, Özbekiston va Tojikiston xalqlarini köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik, yagona din, öxşaş madaniyat, urf-odat va an'analar bir-biriga mustahkam boğlagan. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi va oqilona siyosati tufayli sönggi yillarda mamlakatlarimizning keng qamrovli hamkorligi yangi bosqiçga kötarildi, xalqlarimiz döstligi yanada mustahamlandi. Ikki mamlakat prezidentlarining yaqinda telefon orqali muloqotida ham ikki tomonlama yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki mamlakat örtasidagi mustahkam hamkorlik samarasi ölaroq Tojikistonga yöl olgan şifokorlarimiz Covid-19’ning oldini oliş, nazorat qiliş va davolaşni taşkil etişda tojikistonlik tibbiyot xodimlariga yaqindan kömaklaşadi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Tojikistonga yöl olgan tibbiyot guruhi tarkibiga anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog, hamşira kabi koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşda katta tajriba töplagan malakali tibbiyot xodimlari jam bölişgan.

«Eng muhimi, şifokorlarimizning kömakka otlanişgani özbek-tojik xalqlarining qadim-qadimdan yelkadoş bölib, sinovli kunlarda yordamga tayyor bölib, bir-biridan kömagini ayamasligidan dalolatdir», deya qayd etilgan xabarda.












