20 avgust kuni prezident va tadbirkorlar uçraşuvida bir neçta soliq imtiyozlari va soliq ma'murçiligida röy beradigan özgarişlar tilga olindi. Bu özgarişlar nimalardan iborat va qanday amalga oşiriladi?

Kun.uz uşbu savol bilan moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonovga murojaat qildi.

Dilşod Sultonov

QQS ma'murçiligini yaxşilaş: eksportçi tadbirkorlarga qanday yengillik berildi?

— Prezidentning tadbirkorlar bilan uçraşuvi ilk bor ötkazildi. Prezidentimiz juda köp narsaga e'tibor berdilar. 7ta yönaliş belgilab berilgan bölsa, şulardan biri – soliq yönalişi.

Soliq yönalişida birinçi bölib QQS ma'murçiligini yaxşilaş böyiça topşiriq berildi. QQS ma'murçiligida eng muhimi qöşilgan qiymat soliğida eksportçi tadbirkorlik sub'yektlariga yengillik yaratiş.

Agar men QQS tölovçi eksportçi tadbirkor bölsam, bugun pulim kelib tuşmagan bölsa ham (180 kunim bor realizatsiyaga), QQSni sotib olgan mahsulotlarim böyiça hisobga olişim va budjetga berib, QQSni qaytarib olişim mumkin böladi. Bu soliq tölovçida aylanma oborot paydo bölişini anglatadi.

QQSni hisobga olişda soliq va bojxona idoralarining elektron bazalari özaro boğlanadi

— Qöşilgan qiymat soliği böyiça baza yaratiş – QQS ma'murçiligini yaxşilaşdagi ikkinçi masala. Buning içiga bojxona tölovi va içki bozor tölovi kiradi. Misol uçun, içki bozorda köproq mahsulot sotib olib sizda minus paydo bölib qoldi deylik. Bojxona orqali tovar import qilayotganda sizda tovar saqlanib turgan bölsa, QQSni öşa yerga yönaltiriş imkoni paydo böladi. Bu – siz qöşimça mablağ qidirib ötirmasligingizni anglatadi.

Şu bilan birga, prezidentimiz muloqotda ikkita normani aytib ötdilar: birinçisi QQSni 7 kunda qaytariş, ikkinçisi QQSni import qilayotganda bölib-bölib 120 kunda tölaş.

13 mingta umumiy ovqatlaniş korxonasi yil yakuniga qadar yer va mulk soliğidan ozod qilinadi

— 13 mingta umumiy ovqatlaniş korxonalari yer va mulk soliğidan ozod etiladi, bu böyiça alohida qaror qabul qilinadi. Bundan taşqari, agar umumiy ovqatlaniş korxonalarining qarzdorligi bölsa, bölib tölaş imkoniyati beriladi.