Markaziy bank 2018 yilning III çoragida iqtisodiyot real sektoridagi holat va kutilmalarni örganiş natijalarini e'lon qildi.
Xususan, mahsulotlar (işlar, xizmatlar) işlab çiqariş hajmining oşişiga tösqinlik qilayotgan omillar örganilgan.
Mazkur holat yuzasidan korxona va taşkilotlarning 34 foizi xom-aşyo materiallari narxlarining yuqoriligini, 21 foizi energiya manbalari narxlarining yuqoriligini, 16 foizi soliq yukining yuqoriligi va soliq ma'muriyatçiligining murakkabligini hamda bozordagi nosoğlom raqobat muhiti va şaroitlarni, 15 foizi esa aylanma mablağlarning yetarli emasligini ma'lum qilgan.
Tarmoqlar kesimida esa energiya manbalari narxlarining yuqoriligi quriliş materiallari sanoatida respondentlarning 42 foizida, toğ-kon sanoatida 33 foizida, oziq-ovqat sanoatida 17 foizida, savdo va umumiy ovqatlaniş sohasida 29 foizida, xom-aşyo narxlarining yuqoriligi esa neft-gaz sanoatida respondentlarning 67 foizida, yengil sanoatda 48 foizida, kimyo hamda oziq-ovqat sanoatida 36 foizida va quriliş işlari sohasida 58 foizida işlab çiqariş hajmining oşişiga tösqinlik qilayotgan omil sifatida qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank mamlakatda iqtisodiy faollik oşgani, biroq ayrim salbiy omillar mavjudligi haqida ma'lum qilgandi.












