Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi: Issiqxonalarga gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar yo‘q
Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi bunday cheklovlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
“Issiqxona xo‘jaliklarini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024 yil 26 sentabrdagi prezident qaroriga muvofiq, issiqxonalar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin bo‘lib, ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin.
Issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
22:27 / 14.04.2026
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
17:19 / 11.04.2026