Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxona egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: kawkazrg.ru
Navoiy viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I.» va «S.» MChJga tegishli issiqxonalarda gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.
Jumladan, «I.» MChJga tegishli issiqxonada o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, qo‘lbola usulda tayyorlangan rezina shlang orqali gazdan noqonuniy foydalanib kelganlik holati aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, bu issiqxona «Navoiy shahargaz» filiali manfaatlariga 357,4 million so‘m zarar yetkazgan.
Shuningdek, Karmana tumanida faoliyat yuritayotgan «S.» MChJga tegishli issiqxona ham o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan. Bu issiqxona «Karmana tumangaz» filiali manfaatlariga 95,9 million so‘m zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:54 / 30.03.2026
Navoiyda onlayn qimorga yutqazgan yigit qarzdan chiqish uchun Rossiya armiyasiga yollanishga qaror qildi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
20:33 / 23.03.2026
1 oktyabrdan Toshkent shahri va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi
12:30 / 14.03.2026