Işga joylaşayotgan talabaning qanday huquqlari bor? – mutaxassis javobi
|20:44 / 11.11.202368 40413 min
Talaba neçta joyda işlaşi mumkin, iş beruvçi talabani qabul qilişdan boş torsa nima qiliş kerak, kimlarga faqat bitiruvçi kursligida işlaşga ruxsat berilgan? Talabalarning işga joylaşiş jarayonida bilişi kerak bölgan huquqlari haqida Toşkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi katta öqituvçisi Muhammadamin Karimjonov batafsil ma’lumot berdi.
Foto: stock.adobeFoto: stock.adobe
Talaba işlaşi haqida qonunçilikda nima deyiladi?
Talaba öqişdan böş vaqti bemalol işlaşi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga köra, iş beruvçi mehnat şartnomasi böyiça işdan ajralmagan holda ta’lim taşkilotlarida öqitilayotgan, qayta tayyorlaşdan yoki malaka oşirişdan ötayotgan, şuningdek işlab çiqariş ta’limini ötayotgan xodimlarga iş va öqişni birga olib boriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişi şart.
“Oliy va örta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim töğrisida”gi nizomida kunduzgi ta’limdagi talabalar öqişdan böş vaqtlarida kunning ikkinçi yarmida oliy öquv yurti va boşqa taşkilotlarda mehnat şartnomasi tuzgan holda işlaşlari mumkinligi aytilgan. Lekin buni iş beruvçilar talabalarga faqat kunning ikkinçi yarmidagina işlaşga ruxsat berilgan deb tuşunmasligi kerak. Çunki boşqa yuqori turuvçi va ustuvor qonun hujjatlaridagi umumnormalar har qanday şaxslarning, jumladan, talabalarning mehnat qiliş huquqini ham birdek e’tirof etadi.
Talaba neçançi kursdan ta’lim olayotgan öz mutaxassisligi böyiça işlaşi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarori tegişli nizomiga köra, OTMning kunduzgi, keçki, sirtqi ta’lim şakllarining pedagogika yönalişlarida öqiyotgan şaxslar 3-kursdan boşlab öqişiga xalaqit bermagan holda pedagoglik işini amalga oşiriş uçun umumta’lim muassasalarida asosiy iş joyi sifatida işga qabul qilinişi mumkin va ularga örta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bölgan tegişli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Bu VMning 2018 yil 5 yanvardagi 10-son qarorida ham keltirib ötilgan.
Yuridik va soğliqni saqlaş sohasi talabalari-çi?
Prezidentning 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qaroriga köra, yuriskonsul yordamçisi lavozimida oliy yoki örta maxsus yuridik ma’lumotga ega bölgan yoki Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida yuridik mutaxassislik böyiça qayta tayyorlaş kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan şaxs, şuningdek, oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan bakalavriat bosqiçining bitiruvçi kursi talabasi yoki magistranti işlaşi mumkin.
Prezidentning 2023 yil 8 maydagi “Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida
Mavzuga oid
”gi farmonida advokatura sohasiga yoş kadrlarni faol jalb qiliş maqsadida 2023 yil 1 sentabrdan boşlab oliy ta’lim taşkilotlari yurisprudensiya yönalişida tahsil olayotgan bitiruvçi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunçiligiga muvofiq öqişdan böş vaqtda advokat yordamçisi sifatida iş faoliyatini olib borişga ruxsat etilişi belgilandi.
VMning 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qaroriga 2-ilova “Klinik ordinatura töğrisida”gi nizomiga köra, öqitişning ikkinçi yilidagi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli özlaştirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida mehnat şartnomasi böyiça soha bölimlarida tungi navbatçilik qiliş yoki öqişdan taşqari vaqtda mutaxassisligi böyiça işlaş huquqiga egadirlar.
Buni faqat 3-kurs yoki bitiruvçi kurs talabalari işlaşi mumkin ekan-da, boşqa kurs yoki yönalişlarda öqiyotganlar işlay olmaydi deb tuşunmaslik kerak. Yuqorida tahlil qilingan pedagogika va yurisprudensiya yönalişi talabalari aynan 3-kurs yoki bitiruvçi kursdan ta’lim olayotgan öz mutaxassisliklari böyiça işlaşlari mumkin.
Qaysi kasbga qanday ma’lumot zarur ekanini qanday bilsa böladi?
Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining “Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)” qarorida işçi kasb va xizmatçilarning asosiy lavozimlariga ma’lumotning eng past darajasiga qöyiladigan talablar belgilangan. Demak, mana şu klassifikatordan kasblarga qöyilgan ma’lumotning eng past darajasini bilib olişingiz mumkin.
Bundan taşqari, vazirlik va idoralarning hujjatlarida ham tegişli sohalar böyiça malaka tavsiflari belgilab beriladi.
Iş beruvçi talabani işga olişdan boş torsa nima qiliş kerak?
Bu holatda siz rad etiş sababini biliş huquqiga egasiz. Mehnat kodeksining 119-moddasiga köra, işga qabul qiliş rad etilgan taqdirda, iş beruvçi işga qabul qiliş huquqiga ega bölgan mansabdor şaxs tomonidan imzolangan işga qabul qilişni rad etiş sabablarining yozma asosini işga qabul qilinişi rad etilgan şaxsning talabiga köra 3 kunlik muddatda taqdim etişi şart. Yozma asosni berişni rad etiş işga qabul qiliş qonunga xilof ravişda rad etilganligi ustidan şikoyat qilinişiga monelik qilmaydi.
Agar iş beruvçi sizni asossiz ravişda işga olmagan yoki iş örinlarini yaşirgan bölsa ma’muriy, hattoki jinoiy javobgarlikkaça tortiladi. Şunday vaziyatga duç kelsangiz, 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi) 1007 (Boş prokuratura), 1008 (Adliya vazirligi) işonç raqamlariga telefon qilişingiz mumkin.
Talaba töliq 1 stavka işlasa böladimi?
Yuqorida aytganimizdek, talaba faqat öqişdan böş vaqtida işlaşi mumkin. Ya’ni talabaning öqişi iş kunining (smenaning) belgilangan davomiyligiga töğri kelmasligi lozim. Agar qonunçilik talablariga qat’iy rioya etilsa, taşkilotdagi iş vaqti rejimi töğri kelsa talabaning töliq stavka işlaşiga heç qanday taqiq mavjud emas.
Şuningdek, MK 193-moddasiga köra, xodim va iş beruvçi özaro kelişib moslaşuvçan iş vaqti rejimini belgilab olişlari mumkin.
Diqqat! Bunda bir şartga rioya etilişi kerak! Iş öqişdan böş vaqtda bajarilişi şart. Uşbu talabni mehnat şartnomasida yoki mehnat şartnomasiga doir qöşimça kelişuvda mustahkamlaş lozim.
Talaba faqat örindoşlik asosida işlaydimi?
Haqiqatan ham ayrim iş beruvçilar talabalarni faqat örindoşlik asosida işga oliş kerak deb hisoblaşadi. Bu mutlaqo xato. MK 432-moddasiga köra, örindoşlik asosida işlaş xodimning özining asosiy işidan taşqari alohida mehnat şartnomasi şartlari böyiça asosiy işidan böş vaqtida boşqa muntazam haq tölanadigan işni bajarişidir.
Şuningdek, VMning 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori ilovasiga köra, örindoşlik asosida işlaş — xodimning özining asosiy işini bajarişidan taşqari asosiy işidan böş vaqtida mehnat şartnomasi asosida boşqa haq tölanadigan işni bajarişi. Talabaning ta’lim oliş jarayoni mehnat faoliyati hisoblanmaydi.
Demak, talaba mehnat şartnomasi asosida işlayotgan va mehnat daftarçasi yuritilayotgan taşkilot uning asosiy iş joyi hisoblanadi.
Talaba bir neçta joyda işlasa böladimi?
Ha, yuqorida ta’kidlab ötilgan mehnat qonunçiligi talablariga rioya qilgan holda talaba öqişdan va asosiy iş joyidan böş vaqti, boşqa taşkilotlarda örindoşlik asosida ham işlaşi mumkin. Ya’ni qonunçilikda iş joylari soniga çeklov qöyilmagan, balki iş vaqtining davomiyligiga çeklov belgilangan. Ya’ni talaba öqişdan va asosiy işini bajarişdan böş vaqtda, nazariy jihatdan 2 ta taşkilotda 0.25 stavkadan ham işlaşi mumkin. Buning uçun esa örindoşlik asosida işga kirayotgan joyga asosiy iş joyidan ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Diqqat! Agar talaba ön sakkiz yoşga tölmagan şaxs bölsa örindoşlik asosida işlaşi taqiqlanadi.
Talabalik davri mehnat stajiga kiradimi?
Özbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunining 37-moddasida iş stajiga qöşib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab ötilgan. Mazkur qonunning “e” bandiga köra oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotçi-izlanuvçilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvçilar institutida, tayanç doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi öqiş, şu jumladan çet elda öqiş umumiy iş staji kamida 7 yil bölgan taqdirda iş stajiga qöşib hisoblanadi. Ya’ni erkaklar 60, ayollar 55 yoşgaça kamida 7 yil iş stajiga ega bölsa, şundagina oliy ta’lim muassasalarida öqigan davr iş stajiga qöşib hisoblanadi. Nogiron bölib qolgan şaxslar stajiga esa körsatib ötilgan staj muddatidan qat’i nazar qöşiladi.
Talabani sinov bilan işga oliş töğrimi?
MK 129-moddasi 3-qismiga köra, işga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydigan toifalar körsatilgan. Ular bilan bu yerda tanişiş mumkin.
Agar talaba qonunning şu qismidagi dastlabki sinov belgilanmaydigan xodimlar toifasiga kirmasa, uşbu talabaga dastlabki sinov belgilanişi mumkin.
Talaba bilan muddatli mehnat şartnomasi tuzilişi töğrimi?
Agar muddatli mehnat şartnomasi MK 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bölsa, xodim bilan uşbu şartnomani tuziş asoslidir. Belgilangan muddatga tuzilgan mehnat şartnomasi buning uçun MK 112 yoki 113-moddasida nazarda tutilgan yetarli asoslar mavjud bölmaganda nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Masalan, MK 113-moddasiga köra, kunduzgi öqitiş şakli böyiça ta’lim olayotgan şaxslar bilan xodim va iş beruvçi örtasidagi kelişuvga köra muddatli mehnat şartnomasi tuzilişi mumkin.
Talabaga ham dekret ta’tili va puli beriladimi?
Agar talaba mehnat şartnomasi asosida işlaydigan bölsa, iş joyidan homiladorlik va tuğiş ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqa tölanadi.
Agar talaba heç qayerda işlamay, faqat öqiyotgan bölsa unga dekret puli tölanmaydi, lekin qonunçilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tuğiş, şuningdek, bolalarni parvariş qiliş ta’tillari muddatiga akademik ta’til berilişi mumkin.
Agar talaba iş topa olmasa, unga ham işsizlik nafaqasi tölanadimi?
“Aholi bandligi töğrisida”gi qonunning 45-moddasiga köra, ta’lim muassasalarida va taşkilotlarida işlab çiqarişdan ajralgan holda tahsil olayotgan şaxslar, bundan ta’limning sirtqi şaklida tahsil olayotganlar mustasno işsiz deb e’tirof etilmaydi.
Talabalar uçun mehnat qonunçiligida imtiyozlar nazarda tutilganmi?
MK 383-moddasiga köra, iş beruvçi mehnat şartnomasi böyiça işdan ajralmagan holda ta’lim taşkilotlarida öqitilayotgan, qayta tayyorlaşdan yoki malaka oşirişdan ötayotgan, şuningdek işlab çiqariş ta’limini ötayotgan xodimlarga iş va öqişni birga olib boriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişi şart.
MK 23-bobi 383, 385, 386-387-moddalari işni ta’lim bilan birga olib boruvçi xodimlar uçun kafolatlar va kompensatsiyalar beriş tartibini belgilab beradi.
MK 67-moddasiga köra, jamoa şartnomasida işni ta’lim bilan qöşib olib borayotgan xodimlar uçun alohida imtiyoz va kompensatsiyalar, masalan, taşkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda öqiş xarajatlarini tölab beriş nazarda tutilişi mumkin.
227, 228-moddalarda mehnat ta’tili, 386-moddada sirtqi va keçkida öqiyotganlar uçun ta’til haqida batafsil biliş oliş mumkin.
2-mutaxassislik böyiça bakalavr sirtqiga öqiyotganlarga ham iş joyida kafolat va kompensatsiyalar taqdim qilinadimi?
MKning 385 va 386-moddalaridan kelib çiqilsa, texnikumni tugatgan xodim keçki yoki sirtqi bakalavrga kirsa, kafolatlar taqdim qilinadi. 2-marta bakalavrga kirsa, kafolatlar taqdim qilinmaydi.
MK 385-moddasidagi kafolatlar faqat keçki yoki sirtqi ta’lim şakli böyiça ta’lim olayotgan xodimlar uçun taqdim qilinadi, kunduzgi yoki masofaviy ta’lim şaklidagi xodimlarga taqdim etilmaydi. Lekin taşkilotning mehnat haqidagi boşqa huquqiy hujjatlarida, masalan, jamoa şartnomasida uşbu toifa xodimlarga ham kafolatlar taqdim qilinişi mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 559-son qaroriga ilova “Oliy ta’lim taşkilotlarida masofaviy ta’limni taşkil etiş tartibi töğrisida”gi nizomning 22-bandiga köra, iş faoliyatini masofaviy ta’lim bilan qöşib olib borayotgan talabalarga semestr oxirida yakuniy baholaşdan ötiş, bitiruvçilarga esa yakuniy davlat attestatsiyasini topşiriş, bitiruv malakaviy va magistrlik işini himoya qiliş uçun kamida 15 kalendar kun muddatga iş haqi saqlangan holda ta’til beriladi.