Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov OAVga bergan intervyusida mamlakat Jahon savdo taşkilotiga qaçon a’zo bölişi haqidagi savolga javob berdi.

“Muddatlar haqida gapirişni istamagan bölardim, biroq öylaşimça, bu [siz savolingizda aytganingizdek] 5 yillik muddatdan köra ança tezroq röy beradi.

JSTga a’zo böliş – men uçun KPI körsatkiçlardan biri. Bu masala böyiça mening faoliyatimga hukumatda baho berişadi”, – dedi Umrzoqov.

Vazirning aytişiça, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça Işçi guruhning navbatdagi beşinçi yiğilişi şu yil oktyabr oyida bölib ötişi rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, işçi guruhning törtinçi yiğilişi 2020 yil iyulida bölib ötgan, bu bilan Özbekiston JSTga a’zolik harakatlarini rasman qayta boşlagandi. Ma’lumot uçun, bu işçi guruhning uçinçi yiğilişi 2005 yilda ötkazilgan.

Ayni paytda beşinçi yiğiliş uçun Faktologik xulosa tayyorlanmoqda. Bu xulosa JSTga a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar asosida tayyorlanadi va u taşkilotning Jyenevadagi boş ofisida ma’qullansa, a’zolik jarayoni keyingi bosqiçga ötadi.

“Keyingi bosqiçda a’zolik jarayonlari ança tezlaşadi. Biz şubhasiz JSTga a’zo bölişimiz kerak. Bu bizga boşqa mamlakatlar bozorini oçib beradi, investitsion iqlimni keskin yaxşilaydi, mahalliy işlab çiqaruvçilarimizni boşqa davlatlar bilan haqqoniy raqobatda yutqazmaslik uçun öz mahsulotlari sifatini oşirişga undaydi”, – dedi Umrzoqov.

Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş uçun arizani 1994 yilda bergan. Hozirda dunyoning 164ta davlati, şu jumladan Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston ham JST a’zosi sanaladi.

Özbekiston hukumatida boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov mazkur taşkilotga a’zo böliş işlarini muvofiqlaştirişga mas’ul etib belgilangan.