2 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida çiqindilar bilan işlaş tizimi va ekologik holatni yaxşilaş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşiriş borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
2021 yil noyabrda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilinib, 200 million tup daraxt köçati ekiş rejalaştirilgan edi. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, loyiha doirasida kuzda 85 million dona köçat ötqazildi. Köplab taşkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatçilik bu savobli işda jonbozlik körsatdi. Bu yil bahor mavsumida 125 million dona daraxt köçatlarini ekiş möljallanmoqda.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi beş yilda 1 milliard tup daraxt köçatini ekişni maqsad qilganmiz. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada körinişi kerak, bu savobli işni havas bilan qiliş kerak”, – dedi prezident.

1 martdan “Yaşil yillik” umummilliy tadbiri boşlanişi e’lon qilindi. Har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan köçatlarni tanlab, ularni yetiştiriş uçun köçatxonalarni köpaytiriş zarurligi qayd etildi. Örmon xöjaligi davlat qömitasiga 10 million dona mevali va manzarali daraxt köçatlarini aholiga bepul tarqatiş, Avtomobil yöllari qömitasiga xalqaro va respublika ahamiyatidagi yöllar çetida ihota daraxtzorlar barpo etiş böyiça topşiriq berildi.

Mutasaddi idoralarga barça tuman va şaharlarni qamrab oladigan “mobil eko patrullar” faoliyatini yölga qöyiş topşirildi.

















