Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi
Foto: RIA Novosti
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sunatulla Husanovich Bekenov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Laziz Shavkatovich Qudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Shuhrat Abdusharifovich Vafoyev O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shuhrat Vafoyevga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgan.
Badriddin Nurutdinovich Abidov ham O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, shu munosabat bilan tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgani xabar berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Mavzuga oid
10:12
Chakana savdo 11 foizga, ulgurji savdo 12,8 foizga o‘sdi - yangi raqamlar
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
19:10 / 23.12.2025