"Özçarmsanoat" uyuşmasi raisi Sardor Umurzoqov Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq, Özbekiston taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev qişloq xöjaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingandi.

Ma'lumot uçun: Sardor Umurzoqov 2018 yilning 1 iyun kuni “Özçarmsanoat” uyuşmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “Özbekçarmpoyabzali” uyuşmasi boşqaruvi raisining örinbosari bölib işlagan.

Sardor Öktamoviç Umurzoqov 1977 yilning 23 noyabr kuni tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2000-2003 yillar davomida Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga boş ofisda, söng - Samarqanddagi bölinmada) işlagan. 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida (London şahri) öz faoliyatini boşlagan.