15 oktabr kuni soat 12:00 atrofida Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani hududida kuzatilgan kuçli şamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga qulab tuşdi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, hodisa oqibatida hokimiyat hovlisida bölgan kişilardan biri halok bölgan. U tumandagi «Tarnov» mahallasi, Tarnov qişloğida yaşovçi, 1958 yilda tuğilgan Mardon Qodirov edi.
Şuningdek, «Burgansoy» mahallasi, Mavlon qişloğida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan fuqaro Şahobiddin Fayziyev tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB, IIB YoXB rahbarlari, şuningdek qutqaruv tuzilmalari yetib borib, jabrlanuvçilarga yordam körsatgan.
Ayni vaqtda tuman hokimiyati tom qismi töliq tozalanib, hodisa oqibatlari bartaraf etilgan.











