Internetda tarqagan lavhalarda tabib yura olmaydigan, gapira olmaydigan va hatto köz nuridan ayrilgan bemorlarni ham davolaşga harakat qilayotganini köriş mumkin. Özbekiston Tabobat akademiyasida rasmiy röyxatdan ötgani aytilayotgan tabib aslida kim? U haqiqatan ham oğir bemorlarni davolay olyaptimi?

Qöşiqçilikdan tabiblikkaça...

51 yoşli tabib Iqbol Soliyev Farğona viloyati Özbekiston tumani Mingtut qişloğida yaşaydi. Şu qişloqdagi xonadonida bemorlarni qabul qilyapti.

Uning otasi ham öz davrida tabiblik qilgan. Hozirda Soliyevning ukasi ham tabobat bilan şuğullanar ekan.

Mingtut qişloği ahlining aytişiça, bundan bir muddat avval tabib töylarda qöşiq aytib yurgan. U ijrosidagi qöşiqlar mahalliy telekanallarda ham namoyiş etilgan. Iqbol Soliyev hofizlik barobarida tabobat bilan ham şuğullanib kelgan.

Lekin u paytda tabib bugungidek “maşhurlikka” erişmagan. Bundan 3-4 oy avval bemorlarni davolab, holatni ijtimoiy tarmoqlarga joylagandan keyingina xonadoniga mijozlar yoğilib kela boşlagan. Bir söz bilan aytganda, şundan keyin tabibga omad kulib boqqan.

Oxiri yöq navbat

Tabib istiqomat qiladigan Mingtut mahallasi Şukrona köçasiga borganimizda bemorlar kelgan avtomaşinalar tölib, asosiy katta köçalargaça çiqib ketganiga guvoh böldik. Köplab bemorlar navbati qaçon kelişini kutib turişardi. Kimdir maşinasi örindiğida pinakka ketgan, kimdir oşxonada tuşlik qilgan, yana kimlardir esa sörida uxlab yotardi.

Maşinalarni tartibga keltiriş uçun tabib uyiga olib boradigan köça boşiga şlagbaum örnatilgan. Navbatda kutib turganlar orasida hatto qöşni Qirğiziston, Tojikistondan kelgan bemorlar ham bor edi.

Tabibning hovlisi yonida töplanib turganlarni uzoqdan suratga olişni boşladim. Şunda “Damas” içida navbati kelişini kutib turgan qizlardan biri tabibning xos odamlari suratga olişga yöl qöymayotgani haqida ogohlantirdi. Qiziq!