Hazorasp tumani, «Ovşar» qişloği, Istiqlol mahallasidagi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi 2005 yilda Döstjon Xakimov tomonidan paxta-ğalla yönalişi böyiça taşkil qilingan. 2019 yildagi «optimallaştiriş» natijasida yer maydonlari 108,6 gektarga yetkazilgan. Kasbi meliorator-irrigator bölgan 66 yoşli Döstjon aka fermer xöjaligini boşqarib kelmoqda.

Hokim yerni zaxiraga qaytariş va fermer xöjaligini tugatiş jarayonini boşlaş haqida qaror çiqardi

2020 yil 17 aprel kuni Hazorasp tumani hokimi Öktam Maşaripov tomonidan «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligiga tegişli 108,6 gektar yerni davlat zaxirasiga qaytariş, fermer xöjaligini qonunçilikda belgilangan tartibda tugatiş jarayonini amalga oşiriş, yerlarni esa qayta tanlovga qöyiş haqida qaror çiqarildi.

Döstjon Xakimov bunday qaror çiqqani haqidagi xabarni tasodifan, dalada işlab yurganida tanişidan eşitib qolgan. Şundan söng fermer bu qaror ustidan Adliya vazirligiga şikoyat qildi. Prezidentning 5780-sonli farmoniga köra, 2020 yil 1 yanvardan boşlab hokimlarning qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini olib qöyiş va bir fermer xöjaligidan boşqasiga ötkaziş vakolati tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga berilgandi. Şu sababli, Adliya vazirligi tomonidan körilgan «ta'sir çoralari»dan söng, Hazorasp tumani hokimining 2020 yil 17 aprel kungi qarori bekor qilindi.

Ammo, qonun ustuvorligi ta'minlanganidan xursand bölgan fermerning quvonçi uzoq çözilmadi.

2020 yil 12 may kuni Xalq deputatlari Hazorasp tumani kengaşi bir qator fermer xöjaliklari, jumladan «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi bilan tuzilgan yer uçastkasini uzoq muddatli ijaraga beriş şartnomasini bekor qiliş haqida qaror çiqardi.

Unda «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi «şartnomaviy şartlarni bajarmasdan, belgilangan ekin turlarini ekmasdan, yer ijara şartnomasini tuzmasdan hamda agrotexnik tadbirlarni qöpol ravişda buzgan holda yerlardan notöğri foydalanib kelayotgani» şartnomani bekor qilişga asos bölişi körsatilgan.

2020 yil 1 iyun kuni Hazorasp tumani hokimligi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligining 108,6 gektar yerini davlat zaxirasiga qaytarişni sörab, Iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritdi.

Fermer yerini zaxiraga qaytariş uçun «asos» bölgan holatlar va raqamlardagi ajabtovur çalkaşliklar