Kinematografiyani rivojlantiriş markazi öz oldiga qöygan maqsad-vazifalaridan kelib çiqib, 2017 yil 1 iyun kuni barça yoşdagi professional va havaskor ijodkorlar uçun qisqa metrajli filmlar loyihalari uçun tanlov e'lon qilgan edi.

Tanlovda iştirok etiş istagini bildirgan köplab yoş ijodkorlarning loyihalari 2017 yilning 1 iyuliga qadar qabul qilindi va ular orasidan saralab olingan eng yaxşi töqqiz nafar talabgorning loyihasi 7 iyul kuni Kinematografiyani rivojlantiriş markazida ötkazilgan tanlovda körib çiqildi.

Tanlovda iştirok etgan yoş ijodkor Gulnora Ivanovaning “Fontan” nomli qisqa metrajli film loyihasi tanlov komissiyasi a'zolarining köpçilik ovozi bilan ğolib, deb topildi va unga maxsus diplom tantanali ravişda topşirildi. Şu bilan birga, Muxammadxon Yusupovning “Kino” nomli qisqa metrajli film loyihasi komissiya a'zolari tomonidan yuqori baholandi.

Kinematografiyani rivojlantiriş markazi tanlovda ğolib çiqqan G.Ivanovaga “Fontan” nomli qisqa metrajli film loyihasi asosida film işlab çiqariş işlariga har tomonlama kömaklaşiş bilan birga yaratilgan filmni mahalliy va xalqaro kinofestivallarga tavsiya etişni öz zimmasiga olgan. Şuningdek, Markaz tanlovda iştirok etgan boşqa yoş iste'dotlar bilan kelgusida yangi loyihalar ustida işlaş böyiça hamkorlikni yölga qöyadi.












