O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Bobomurod Hamdamov 1940 yil Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti. O‘zbek san’atining klassik hofizi va ustozi, «Do‘stlik» ordeni sohibi.
Bobomurod Hamdamov asosan 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qo‘shiqlarini ijro etgan. O‘rta maktabni tugatgandan keyin ko‘tarma kranchilar tayyorlaydigan qisqa kursni bitirib, qurilishga ishga kirgan. Ammo qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rgani uchun dastlab hindcha qo‘shiqlar aytgan, Komiljon Otaniyozovning Toshvouzdagi ansamblida ishlagan.
Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning «Sulton Jaloliddin», «Kim ekan», «Devona», «Galdimu», «Qo‘rqdim» kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o‘rin egalladi.
Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek san’atining «oltin fondi» ga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Jahon | 15:03
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
Jamiyat | 14:59
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Jahon | 14:22