17:20 / 09.02.2020
0
27621

Fransiyadagi qishloqda birga yashagan 5 nafar britaniyalikda koronavirus aniqlandi

Yangi koronavirus Britaniyaning yana 5 nafar fuqarosida aniqlandi: ular yaqinda Singapurdan qaytgan britaniyalik bilan aloqada bo‘lishgan.

Taxmin qilinishicha, virus tashuvchisiga aylangan erkak o‘zida koronavirus topilishidan ikki kun oldin, 28 yanvar kuni Britaniyaga uchib kelgan. U Birlashgan qirollikda ushbu kasallikka chalingan uchinchi odam bo‘ldi. Hozir u London kasalxonalaridan birida davolanmoqda. 

Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, u 24 yanvar kuni Singapurga xizmat safari tugaganidan so‘ng, to‘rt kun davomida Alp tog‘laridagi Le-Kontamin-Monjua tog‘ kurortida dam olgan, keyin esa Britaniyaga ketgan. 

Virus yuqtirib olgan besh nafar ingliz kurortda u bilan bitta shaleda yashagan. Fransuz rasmiylariga ko‘ra, ular kasalxonaga yotqizilgan va og‘ir ahvolda emas. 

To‘qqiz yoshli bemor bola tashrif buyurgan Fransiyadagi ikki maktab kelasi hafta yopiladi.

Fransuz rasmiylari xuddi shu kurort-uyda yashagan bir necha nafar britaniyalikni kasalxonaga yubordi. 

Yana to‘rt britaniyalik — bir oila a'zolari — virus tashuvchisi bilan aloqa qilishganidan keyin Mayorka kasalxonasiga yotqizilgan. Hozirda ular tekshirilmoqda. 

Jahondagi vaziyat

Hozirgacha butun dunyo bo‘ylab virusga chalinish bilan bog‘liq 37 mingdan ortiq holat aniqlangan. Ularning aksariyati Xitoyda — 37198 kishi. 8 fevralga kelib u yerda 811 o‘lim qayd etildi.

Uxandagi virus qurbonlari orasida AQSh fuqarosi ham bor edi. Yana bir Yaponiya fuqarosi koronavirusnikiga o‘xshash alomatlardan vafot etdi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqari 24 mamlakatda 288 kishida koronavirus topilgan. Filippinda bir kishi vafot etdi.
Hongkong o‘z hududida qayd etilgan 26ta zararlanish holatidan so‘ng mamlakatga Xitoydan keluvchi har bir kishi uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etdi.

Fransiyada, yuqoridagilarni hisobga olgan holda, kasallanganlar soni allaqachon 11 nafarga nafarga yetdi. 

Britaniyada 686 kishi tekshiruvdan o‘tkazildi — ammo faqat uch kishida koronavirus borligi o‘z tasdig‘ini topdi. Singupurdan kelgan britaniyalikdan tashqari, bemorlar orasida hozirda Nyukaslda davolanayotgan Xitoy fuqarolari ham bor.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top