Nice Matin va BFM TV 7-oktabr kuni qölga olinganlar orasida muzeyga bevosita kirganlikda gumonlanayotgan ikki şaxs ham borligini maʼlum qilgan.
Uşlaş tadbirlari Fransiyaning Alp, Var, Ero va Du departamentlarida ötkazilgan. Gumonlanuvçilar Nitssada uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan öğirlik işi doirasida söroq qilinişi kutilmoqda.
Tergovni nazorat qilayotgan Marsel prokuraturasi xabarlar eʼlon qilingan paytda rasmiy izoh bermagan. Şu sababli uşlanganlarning aniq soni böyiça manbalarda tafovut saqlanmoqda.
Öğirlik 8-sentabr kuni erta tongda Fransiya janubi-şarqidagi Kan-syur-Mer şahrida sodir bölgan. Ikki şaxs Renuar muzeyiga kirib, törtta kartinani olib çiqişga uringan.
Qoçiş vaqtida ular ikki asarni muzey boğida taşlab ketgan. Bular «Madam Stefan Pişon portreti» va «Koko kitob öqimoqda» kartinalaridir. Ikkinçi asarda rassomning Koko laqabli kenja öğli Klod Renuar tasvirlangan.
«Madam Kolonna Romano» va «Quduq yonidagi yoş ayol» kartinalarini esa öğrilar olib ketişga muvaffaq bölgan. Ularning umumiy qiymati 4,2 mln yevro deb baholanmoqda.
Işni Nitssa sud politsiyasi, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşuvçi markaziy boşqarma va Marseldagi ixtisoslaşgan mintaqalararo sud tuzilmalari örganmoqda. Nice Matin maʼlumotiga köra, ehtimoliy buyurtmaçilarni aniqlaş uçun tergov tafsilotlari sir saqlanmoqda.
Renuar muzeyi 1960-yilda rassom umrining sönggi yillarini ötkazgan villada oçilgan. Uning kolleksiyasida Renuar asarlaridan taşqari Aristid Mayol, Per Bonnar va Raul Dyufi işlari ham bor.

















