Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiyalar Umra ziyoratini taşkil etişni litsenziyalanadigan faoliyat turlari qatoriga qöşiş haqidagi qonun loyihasini körib çiqmoqda.
Ta’kidlanişiça, bu qonun loyihasini qabul qiliş orqali ziyoratçilarga Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarişlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratiladi, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va kafolatlangan xizmatlardan foydalanişi ta’minlanadi.
Amaldagi tartibga köra, turistik faoliyatni amalga oşiruvçi taşkilotlar Umra tadbirlarini taşkil etiş bilan ham şuğullaniş huquqiga ega.
Prezident farmoni bilan, 2024 yil 1 martdan boşlab turistik faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziya talabi bekor qilinib, xabardor qiliş tartibi joriy etildi. Yuqoridagi qonun bilan esa Umra xizmatlarini körsatuvçi turfirmalar uçun alohida litsenziya joriy etilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2023 yil 1 noyabrdan boşlab Umra tadbirlarini taşkil etiş faoliyati uçun yangi talablar kuçga kirgandi.













