O‘zbekiston | 22:00 / 21.06.2018
151222
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Farg‘ona viloyati hokimini tanqid qildi va Surxondaryo viloyati hokimini hammaga ibrat qilib ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident Farg‘ona viloyati hokimi faoliyatidan norozi ekanini aytib o‘tdi.

«Farg‘ona viloyati hokimidan nima uchun noroziman. Uning yoniga ikki odamimni olib borib qo‘ydim. Akmal Ortiqovni, Teshayevni (Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Akmalxon Jo‘raxonovich Ortiqov viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevga birinchi o‘rinbosar, sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi - tahr.) Kechirasizlaru, Farg‘ona viloyati hokimi - katta bir kolxoz raisidek. Men bunday odam bilan islohot qila olmayman. Qila olmayman.

Mana, Erkin (Surxondaryo viloyati hokimi Erkin Turdimov) 70 million dollarlik shartnoma tuzib keldi. Kelgusida bundan ham katta shartnomalar, 300, 400, 500 million dollarlik shartnomalar kerak. Hamma viloyat hokimi shunday ishlasa, o‘zgarish bo‘ladi.

Shu vaqtgacha hokimlar davlat bergan pulni investitsiya deb o‘ylashdi. Bu investitsiya emas. Berilgan pulning ham 30 foizini o‘g‘irlab keldi, shuning uchun hozirgi ahvolga tushdik», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Mavzuga oid