Rossiyaning Tula viloyatidagi sabzavotlar saqlaş binosi tomining qulab tuşişi oqibatida Özbekiston fuqarolari halok böldi. Bu haqda RIA Novosti viloyat tezkor xizmatlardagi manbaga asosan xabar berdi.
Avvalgi xabarlarda Tula viloyatining Popovka qişloğidagi 160 kvadrat metr maydonni egallangan angarning tomi qulab tuşişi oqibatida uç kişi halok bölgani haqida ma'lum qilingan. Rossiya tergov qömitasi ma'lumotlariga köra, qurbonlar - 1992 yilda tuğilgan ikki va 1974 yilda tavallud topgan bir kişidir. Taxminlarga köra, tom köp miqdordagi qorni kötara olmay, qulagan.

"Hodisa joyida vayronalarni tozalaş böyiça işlar yakunlandi. U yerdan Özbekistonning uç nafar fuqarosi jasadi çiqarib olindi", - deya aytib ötgan agentlik suhbatdoşi.
Uning sözlariga köra, sabzavotlar saqlaş binosi tomi konstruksiyaning eskirib ketgani sabab qulagan bölişi mumkin.
FVV Tulada 3 nafar Özbekiston fuqarosi halok bölgani yuzasidan axborot xabarnoma çiqardi












