Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga köra, 2017 yil 10 fevral kuni Moskva vaqti bilan 16:05da Tula oblasti Çernsk tumani Popovka qişloğidagi “Maksim Gorkiy” MÇJ omborxonasining tom qismi qulab tuşişi sodir bölgan, deb yozadi Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati. 

Xabarda aytilişiça, 3 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bölgan, ularning barçasi 1992 yilda tuğilgan.

Hozirgi vaqtda Özbekiston Respublikasi FVV va TIV tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga zaruriy yordam körsatiş çoralari olib borilmoqda, deya yakunlanadi FVV xabari.

Avvalroq fojia sabzavotlar saqlaş binosi tomi konstruksiyasining eskirib ketgani sabab röy bergani haqida xabarlar tarqalgandi.