Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada haydovchi yo‘l belgilari ishlamayotgani yuzasidan videomurojaat bilan chiqdi. Viloyat IIB YHXB holat yuzasidan munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Haydovchi svetofor ishlamayotgani, 2.5 stop belgisi daraxt orqasida ko‘rinmayotgani yuzasidan Farg‘ona shahar YHXBga murojaat qilmoqda” nomli videolavha tarqaldi.
Bildirilishicha, 2021 yil 13 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi chorrahalardan birida svetofor qurilmasi ishlamayotgani, yo‘l belgisining ko‘rinish darajasi yaxshi emasligi haqidagi e'tirozli videolavha tarqalgan. Videolavhada aytib o‘tilgan holat, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahar I.Karimov va Yuksalish ko‘chalari kesishmasidagi svetofor qurilmasi tunda yoqqan kuchli yog‘ingarchilik natijasida vaqtincha ishlamay qolgani aniqlangan. Daraxtlarning o‘sishi natijasida esa yo‘l belgilarining ko‘rinish darajasi cheklangan. Ma'sul xodimlar tomonidan mazkur muammolar bartaraf etilib, svetofor qurilmasi ta'mirlangan. 2.5 (To‘xtamasdan o‘tish taqiqlanadi) yo‘l belgisi 2.4 (Yo‘l bering!) yo‘l belgisiga almashtirilgan va yo‘l belgilari haydovchilar uchun ko‘rinish darajasi yaxshi bo‘lgan boshqa bir joyga ko‘chirilgan.

Shuningdek, rasmiy munosabatda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘llardagi bunday kamchiliklar va texnik nosozliklarga bee'tibor bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, harakat xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini bildirib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:10 / 02.12.2025
“Suv sepish bilan ish bitmaydi” – Farg‘ona havosi hamon o‘ta zararli bo‘lib qolmoqda
21:34 / 30.11.2025