Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Toşkent şahar Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida bölib ötgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan.
“Salimboy”ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Sud hukmi taxminan 19 mart kuni öqilgani aytilmoqda. Ammo şu paytgaça bu haqda rasmiy axborot berilmagan.
Manbaning ta’kidlaşiça, Toşkentda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş doirasida qölga olinganlarning yana bir neçtasi böyiça iş sudga çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, 73 yoşli tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boşida öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaşda gumonlanib protsessual tartibda uşlangandi.













