Qisqa qilib aytganda u öz “fast food” imperiyasiga asos soldi. Bajva hozirda Şimoliy Amerikadagi Papa John’s kompaniyasining asosiy egasi bölib, butun mamlakat böylab 270 dan ortiq ovqatlaniş şoxobçasiga egalik qiladi.
Immigratsion muvaffaqiyat
Bajvaning muvaffaqiyatga erişiş yöli oson emas edi. Yigirma yoşning boşida u oilasidan birinçi bölib Qöşma Ştatlarga köçib ötdi va u yerga kelganida köp qiyinçiliklarga duç keldi.
“AQŞga kelişim, aslida, bu mening birinçi parvozim edi. Men ilgari heç qaçon uçmaganman”, deydi Bajva. “Samolyotga endigina kirişim, bu yerga yolğizlik bilan kelgan töliq parvoz edi, juda köp taşviş edi. Lekin men buni amalga oşirişga qaror qildim.”
Uning sözlariga köra, u qandaydir madaniy şokni boşdan keçirgan va muloqotda qiynalgan, çunki u öşa paytda ingliz tilini yaxşi bilmas edi. “Ba’zida siz oilangizdan uzoqda bölganingizda va yolğiz qolganingizda ... bu juda va juda qiyin”, deydi Bajva.
Universitetdagi xarajatlarini qoplaş uçun Bajva bir neçta işda işlaşga majbur edi. “Birinçi yozimda men uçta iş qildim ... nonuşta paytida idişlarni yuvdim, tuşdan keyin pitssa yetkazib berdim va Taco Bell’da işladim”, dedi Bajva SNBSga bergan intervyusida.
Bajva tezda kurerlikdan Papa John’s ning ofis xodimlari safiga qöşildi. 1996 yilda universitetni tamomlagaç, u yetkazib beruvçilikdan hudud boşqaruvçisi lavozimiga ötkazildi. Diplomli bölgaç Bajva bir neçta korporativ rollarga ariza qoldirdi, turli vakansiyalarga qiziqdi.
“Men ba’zi işlarga ariza topşirdim va xayolimda korporativ işga kirişmayman deb umid qilgandim, lekin sinab körmoqçi böldim, çunki buni ham boşimdan ötkazişim kerak edi”, - deydi u. “Men heç qaçon murojaat qilmaganimdan afsuslanişni xohlamadim, çunki butun umr korporativ sektorga boraman deb orzu qilgandim. Ammo men [korporativ] iş topgani borganimda, [Papa John’sʼda] işlayotganimdan köra köproq maoş oladigan iş topa olmadim”, deya xotirlaydi Bajva.
Şu sababli u pitssa biznesida qolişga qaror qildi va özining mahsuloti bölişidan oldin bir neçta pitssa dökonlarini işga tuşirdi.
2002 yil iyul oyida oilasining qöllab-quvvatlaşi va bank kreditlari yordamida Bajva Ohayo ştatining Şarqiy Liverpul şahrida özining birinçi Papa John’s pitssa dökonini oçdi.











