Samarqanddagi Özbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan mazkur Qur'oni karim hajmi va taxlanişi jihatidan Markaziy Osiyoda eng nodir nusxalardan biri hisoblanadi, deydi Kun.uz’ga Samarqand davlat muzey qöriqxonasi ilmiy xodimi Ş.Rustamov.

Bu nusxa Samarqand qozikaloni Mir Nizomiddin Xoja ibn Mir Abduğaffor Xojaning ma'lumotiga köra, hijriy 1271 yilda (milodiy 1854-1855-yillarda) Buxoro hukmdori Amir Nasrulloh buyruği bilan samarqandlik kotib Mullo Hasan Samarqandiy tomonidan suls xatida Samarqand qoğoziga köçirilgan.

Kitobning birinçi betida Bibixonim masjidiga vaqf qilingani yozilgan. Keyinçalik Şohi Zinda maqbarasiga ötkazilgan.

Bu kitob hijriy 1298 yilda (milodiy 1881–1882 yillar) va 1339 yilda (milodiy 1922–1923 yillarda) ta'mirlangan. Ta'mirlaş işlarida Mulla Abdurahmon Mirsolihov, Porsoxöja Tursunxöjayev, rangi öçgan joylarini qayta yozişda mulla Sayfiddin Abdusattorov qatnaşgan.

1939 yilda Şohizinda maqbarasidan olinib, Samarqand viloyat muzeyiga (hozirgi Özbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi) topşirilgan.

Bu Qur'onning ölçami 104 x 156 sm bölib, 32 varaqdan iborat. Kitob unvoni (nomi) birinçi betida bölib, zarhal harflar bilan işlangandir. Har bir beti bir-biriga ulangan varaqlardan iborat bölib, yoğoçdan yasalgan törtburçak bölmalarga mahkamlangan. Burçaklari teri bilan qoplangan.