Tojik-qirğiz çegarasi 13 mart kuni oçiladi. Har ikki tomon çegara ötiş joylarining rasmiy oçilişi hukumatning yuqori martabali amaldorlari iştirokida bölib ötadi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, tarixiy voqeada ikki davlat rahbarlari ham iştirok etişi mumkin.
12 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ikki kunlik davlat taşrifi bilan Qirğizistonga jönab ketdi. Muzokaralar çoğida Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari hamda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar muhokama qilinadi. Uçraşuv yakunida ikki davlat prezidentlari ikki tomonlama bitimlar paketini imzolaydilar.
Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi çegara 2021 yilning may oyidan beri yopiq. Bu Qirğiziston tomonining qarori bilan aprel oyida ikki davlat harbiy xizmatçilari iştirokida sodir bölgan va önlab odamlar halok bölgan qurolli töqnaşuvdan keyin sodir böldi. Şunda Bişkek çegara töliq delimitatsiya qilingandan keyin oçilişini ma’lum qilgan edi.
Tomonlar umumiy çegara çiziğini aniqlaş jarayonini faollaştirişga kelişib oldilar. 2022-2024 yillarda ikki davlat örtasida çegarani delimitatsiya qiliş masalalari böyiça önlab uçraşuvlar ötkazildi. Tomonlar özaro kelişuviga köra, işçi guruhlarning uçraşuvlari navbatma-navbat Tojikiston va Qirğizistonda ötkazildi.
2024 yil dekabrda Tojikiston-Qirğiziston davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça delegatsiyasi davlat çegarasi uçastkalarini tavsiflaş töliq yakunlangani haqida xabar berdi.
21 fevral kuni Tojikiston va Qirğiziston Bişkekda ikki davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça hujjatlar loyihalarini imzoladi.

















