18 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazib, ularni qiynayotgan köplab masalalarni hal qiliş böyiça topşiriqlar bergan edi. Xususan, soliq tizimidagi ayrim özgarişlar yuzasidan Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
“Soliq tizimda QQS tölovini uzilişi koeffitsiyentini qöllaş, ya’ni “Tax gap” va QQS guvohnomasini vaqtinça töxtatib qöyiş amaliyotini töliq bekor qildik. 1 sentabrdan birorta ham QQS sertifikatlar töxtatilmaydi va ularning ijrosi ta’minlanadi. Faqatgina sud qarori asosida, qonunbuzarlik aniqlanganida olib qöyilişi mumkin.
Kameral soliq tekşiruvini ötkazişda soliq tölovçilar soliq idoralariga çaqirilib, ulardan hujjatlar talab etmaydi. Huquqbuzarlik uçun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy şaxs sifatida ma’muriy jarima qöllanmaydi, uç oyda barça moliyaviy sanksiyalar qayta körib çiqiladi va tadbirkorlarning faoliyatiga ta’sir qilmaydigan adolatli me’yorlar belgilanadi.
Tadbirkorlarga öz majburiyatlarini ixtiyoriy bajarişlari uçun tizim yanada qulay va şaffoflaştiriladi. Tadbirkorlarning murojaatlarini töliq eşitadigan hamda kamçiliklarni birgalikda bartaraf qiladigan, töğri işlaydigan tizim taşkil qilamiz.
Bir söz bilan aytganda, soliq organlari xizmat körsatişni yangi bosqiçiga olib çiqiladi”, — deydi Mirzayev.
Prezident tadbirkorlar uçun qanday yengilliklarni e’lon qildi?











