Rossiyaning «Vedomosti», «RBK» va «Kommersant» naşrlari duşanba kuni muqovasida «My Ivan Golunov» («Biz Ivan Golunovmiz») iborasi bilan çiqiş qildi. Şu tariqa, bu gazetalar narkotik saqlaşda gumonlanib qölga olingan jurnalistni qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi.

RBC/VEDOMOSTI/KOMMERSANT

«Biz Ivan Golunovning aybdorligi böyiça taqdim etilgan dalillarni işonarli deb hisoblamaymiz, uning qölga olinişi jarayoni esa katta şubha uyğotadi - tekşiruv vaqtida qonunçilik buzilgan bölişi mumkin», deyiladi gazetalar bayonotida.

Jurnalist 6 iyun kuni Moskvadagi Gullar xiyobonida qölga olingandi. Uni giyohvand moddalar saqlaş va sotişda ayblaşmoqda, bunday jinoyat uçun esa 20 yilgaça qamoq jazosi tahdid soladi.

«Biz Golunovning qölga olinişi va hibs qilinişi uning kasbiy faoliyati bilan boğliqligini istisno etmaymiz. Biz Ivan Golunovning qölga olinişida iştirok etgan Içki işlar organlari xodimlarining harakatlarini sinçiklab tekşirişni talab qilamiz», deyilgan bayonotda.

Golunov işi

Ivan Golunov sud hukmidan keyin
Foto: Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Asosiy ofisi Latviyada joylaşgan «Meduza» internet-naşrining tadqiqotçi jurnalisti Ivan Golunov ötgan hafta oxirida Moskvada qölga olingandi.

Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlaşda ayblaşgan. Uning özi bu iş uyuştirilganini iddao qilmoqda.

Şanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni soğligidagi muammolarga qaramasdan uy qamoğiga hukm qildi.

Ivan Golunov sudda özining aybsizligini ma'lum qilgan.

«Men heç qaçon narkotik iste'mol qilmaganman, heç narsada aybdor emasman va tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorman», degan u sud majlisida.

«Proyekt» naşrida bildirilgan taxminlarga köra, jinoiy iş oçilişiga jurnalistning FSB general-polkovniki va uning yordamçisining dafn işlari böyiça biznesi yuzasidan tayyorlayotgan jurnalistik suriştiruvi sabab bölgan.