Murod Nazarov mehribonlik uyidan 9 nafar bolani farzandlikka oldi
“Dekabr oyida bizga bir deganda yana 7 qiz va 2 o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lish baxti nasib etdi. Biz bunga 10 yildan beri harakat qilayotgan edik, bundan juda xursandmiz”, dedi tadbirkor Murod Nazarov Kun.uz bilan suhbatda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda taniqli tadbirkor Murod Nazarovning oilaviy surati va u mehribonlik uyidan 9 nafar qizni farzandlikka olib, endilikda farzandlari soni 14 nafarga yetgani haqida xabar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri ma’lumot olish maqsadida Murod Nazarov bilan bog‘landi. Tadbirkor 9 bolani farzandlikka asrab olganini tasdiqlab, internetdagi xabarlarda biroz noaniqlik borligi, ularning ikki nafari o‘g‘il ekanini aytdi.
“Bunday ne’mat bizga bir oy avval in’om etildi. Bu ma’lumotni hozircha faqat yaqinlarimiz bilan baham ko‘rib, farzandlarimiz biror go‘zal natijalarga erishgan pallalarda ommaga ma’lum qilishni niyat qilgandik. Ammo kimdir yaxshi niyatda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilibdi.
Lekin tarqalayotgan ma’lumotlar biroz noto‘g‘ri talqin qilinibdi. Dekabr oyida bizga bir deganda yana 7 qiz va 2 o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lishlik baxti nasib etdi. Biz bu holatga 10 yildan beri harakat qilayotgan edik, bundan juda xursandmiz”, dedi Murod Nazarov.
Bungacha tadbirkorning 3 qiz va 2 o‘g‘li bor edi. U endilikda Instagram sahifasidagi tanishtiruv izohini “14 nafar farzandning otasi” deya o‘zgartirgan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
-
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
O‘zbekiston | 12:21
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

19:38 / 04.07.2024
“Yaponiyadagi tutingan dadam soliq to‘lashning ahamiyatini tushuntirgan” - Tokioda Murod Nazarov bilan suhbat

14:54 / 22.02.2024
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi

19:16 / 04.04.2023
“Mehribonlik uyidagi muhit bo‘yicha oldinroq tegishli organlarga ma’lumot berganmiz” – Milliy gvardiya mas’uli

16:02 / 08.09.2022