“Bu narsa baribir kötariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesiş tartibini özgartirişni söradi?
|01:19 / 19.07.20259 16410 min
“Murad Buildings” quriliş kompaniyasi asosçisi Murod Nazarov Kun.uzʼga bergan intervyusida e’tirozlarga sabab bölgan çiqişining maqsadini tuşuntirişga urindi. U bu orqali şaxsiy manfaatini közlamaganini, taqiq buzilişi ortidan jazo kuçaytirilsa yoki quruvçi qamalsa ham yeçim bölmasligini, moratoriy masalasi baribir qayta körib çiqilişini aytdi. Nazarov özi taklif qilayotgan mexanizm biror davlat tajribasiga asoslanmagan bölsa-da, uning işlab ketişidan umidvor. “Men hamma tanqidlar, riskni böynimga olgan holda dolzarb muammoni kötardim”, – deydi u.
17 iyul kuni quriliş sohasiga bağişlangan tadbirkorlar bilan muloqotda Murod Nazarov daraxtlarni kesişga bölgan çeklov bekor qilinişi kerakligi haqidagi taklifni ilgari surdi. Uning aytişiça, yaşillik quriliş jarayoniga xalal bermoqda, şu sabab tadbirkorlar ayrim daraxtlarni kesişga majbur bölyapti. Nazarov amaldagi tartib örniga quruvçi kompaniya zimmasiga kesilgan daraxtlar örniga yangilarini ekişni yuklaş kerakligini taklif qildi.
Nazarovning ayni fikrlari jamoatçilikning keskin e’tirozlariga sabab böldi. Tarmoqlarda turli hazilomuz postlar ham paydo böla boşladi. Tadbirkor ayni mavzuda nima demoqçi bölganini Kun.uzʼga tuşuntirişga urindi. Quyida intervyuning qisqa şarhi keltiriladi.
“Daraxtlarni kesişga ruxsat beriş kerak deganim yöq”
Murod Nazarov dastlab nima uçun bunday fikr bildirganiga töxtalarkan, bu orqali şaxsiy manfaatini közlamaganini qayd etdi. U özini “tizimli muammolarga yetuk, teranlik bilan yondaşişga harakat qilgan” deb hisoblamoqda.
“Daraxtlar muammosi katta muammo. Albatta, bu özi oldindan birinçi örinda ekologik, ijtimoiy nuqtai nazardan hammaning katta taşvişi, katta bir xavotiri va katta muhokamalarga sabab bölgan mavzu. Buni hammamiz bilamiz. Bunga befarq bölmagan holda moratoriyni ham qöllab-quvvatlaganmiz.
Moratoriy qabul qilindi, töğri. Juda “bespredel”, hamma yoqda kesişlar, boşqa balo-battarlar bölgani uçun rezonans [böldi], bu töğri bölgan. Albatta, bunga biz hali ham qöşilamiz. Lekin daraxtlar kesilyapti, lat yeyapti. Buni faqat men emas, barçamiz körib turibmiz. Çunki odamlar 100 foiz taqiq qöyilgan narsaning baribir ham qanaqasigadir yölini topadi. Odamlar aqlli, öz manfaati yölida baribir yölini topadi. Şuning uçun şu narsaning mexanizmini töğri işlab çiqiş kerak. Daraxtlarni kesişga ruxsat beriş kerak deganim yöq. Nima qilsakki, tabiatga zarar emas, tabiatga karra-karra foydasi tegadigan mexanizm qilsak böladi, degan mavzuni kötardim”, – dedi u.
Mavzuga oid
Işbilarmonning aytişiça, kesiladigan daraxtlar örniga oldindan köçatlar ekilişi va qaysi tumanlarda qança köçat kim tomonidan qadalganiga oid ma’lumotlar yuritilişi kerak. Nazarov bunday taşabbuslar muhokamaga qöyilib, körib çiqilişini taklif qildi.
“Oldindan parvariş qilinsin va kerakli hajmga yetgandan keyin hisobga olinsin. Ya’ni “daraxtlar banki” yaratilsa, oldindan qaysidir tumanlarda ekib qöyilsa, “mana bu joyga daraxtlar kerak” deb oldindan körsatilsa. Qaysi taşkilot yoki şaxs tarafdan ekilgani belgilansa, u kattalaşganidan keyin, öşa joyiga örnaşib olgaç, debit-kredit qilişga hisobga olinsin”, – deydi tadbirkor.
Ammo suhbatdoş bunday tajriba qaysi davlatlarda mavjud ekanidan bexabar. Nazarov bu boradagi biror mamlakatning işlarini aytib berolmadi. U Özbekistonda bu taklifning muvaffaqiyatli yurib ketişidan umidvor, lekin işonçi komil emas.
“Baribir bu narsa bir kun kötariladi, şunçaki taqiq bilan davom eta olmaydi”
Tadbirkor taqiqni bekor qiliş emas, uni buzganlik uçun jazo çorasini kuçaytiriş borasida öylagani yoki öylamaganiga oid berilgan savolga bu foydasiz ekanini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, moratoriyni bekor qiliş masalasi bir kun kelib baribir kötariladi.
“Jazo çorasini qiyinlaştiriş kerak, kerak bölsa qamasin. Lekin bitta narsani, aççiq haqiqatni sizga aytaman. Baribir bu narsa bir kun kötariladi. Hozir meni qoralaşadi, yomonlaşadi. Lekin şu videoni ertaga 5-10 yil [ötib] qaraşsa, öşa paytda şu narsa işlab çiqarilgan böladi. Bu narsa şunçaki taqiq bilan davom eta olmaydi.
Ba’zi narsalarga taqiq yeçim emas. Şahar renovatsiya, rekonstruksiya böladi. Insonlar, oddiy jismoniy şaxslar özining uyini 50 – 100 yil ötgandan keyin bolalari ertaga buzib örniga quraman deganda ham öşa daraxtlarga şikast yetişi xavfi bor. Şunçaki öşa 50 – 100 yillik [daraxt] buzilib tuşgandan keyin ham heç nima qilolmay ötirmaydi-ku. Bu – tabiiy jarayon. Ertaga baribir şu narsa kötariladi”, – dedi Nazarov.
Murod Nazarov bunday kayfiyat hozirda hukumat vakillarida mavjud emasligini, bularning barçasi tadbirkorning şaxsiy prognozlari ekanini aytdi.
“Daraxtlar kesilyapti deganimga ham meni jazolaşadi”
Nazarov tarmoqlarda tarqalgan videosida taqiq bölişiga qaramay quruvçilar tomonidan yaşillik yöq qilinayotganini ta’kidlagan. U tahririyat bilan suhbati davomida bu gapi uçun jazolanişi mumkinligiga urğu berdi.
“Hozir şu “kesilyapti” degan gapimga ham meni jazolaşadi. “Kim kesdi, qayerda kesdi, gapingga javob ber”... lekin kesilyapti, bu – aççiq haqiqat. Men sizga nimaga yana bugungi şu uçraşuvni qilaylik, dedim. Men sizga yana bitta narsani aytaman. Meni xalq hozir orqamdan sökyapti, gapiryapti — nima qilsa, men xursandman, çunki bu munosabat.
Lekin boşqa bir munosabat borki, unga jim qarab tura olmayman. Ba’zi quruvçilar hozir mening ustimdan kulişyapti. Nima deb kulişyapti? “Ey, Murod, jimgina yurib, işingni qilib, daraxtingni kesib, soqqangni qilib yuravermaysanmi, senga şu kerakmidi?” degan quruvçilar bor. “Senga nima şu qiçişmagan joyni qaşib” degan quruvçilar ham bor. Men hamma tanqidlarni, riskni böynimga olgan holda bu dolzarb muammoni kötardim. Bor narsani aytdim va bu narsaning yeçimini öylamasak, bu ketişda baribir yöqotişga ega bölamiz degan fikrimni bildirdim.
Bu taklif emas, bu lobbi ham emas. Men bu narsani muhokamaga qöydim. Aslida ertaga xalq, bunga köproq tuşunganlar baho beradi. Men bu yerda özimni körsatiş yoki daraxt kesişga ruxsat olib oliş emas, yöq, aksinça, mana şu millatga, vatanga bölgan mas’uliyatimni his qilgan holda fikrimni bildirib, bu mavzu juda xavfli mavzuligini bilgan holimda kötardim”, – dedi u.
Işbilarmon daraxt kesiş borasida mexanizm yaratiş tarafdori, ammo bu mexanizm qanday körinişda bölişini bilmasligini takrorladi.
Toşkent boş rejasi özgaryaptimi?
Tarmoqlarda rezonanslarga sabab bölgan nutqda yaşillikdan taşqari yana bir muhim masala – uzoq yillar kutilib, ötgan yili dekabrda tasdiqlangan poytaxt boş rejasi özgarayotgani ham ma’lum qilingan.
Murod Nazarovga köra, genplan qabul qilingaç, aholi va tadbirkorlar tomonidan e’tirozlar bölgani sabab undagi ba’zi punktlarni “töğrilaş” (özgartiriş) borasida işlar boşlangan.
“Hamma [quriliş] loyihalari hozir yiğilib, poylab ötiribdiki, öşa boş loyiha oxirigaça tasdiqlangandan keyin körib çiqiladi. Hali birorta yangi loyiha undan keyin boşlanmagan. Hozir bölayotgan loyihalarning hammasi eski, oldingi zamonda ruxsati olingan qurilişlar.
Masalan, zona böyiça uç qavatli bino talabi qöyilgan-da. Çunki öşa yerda haqiqatan özi past qavatli uylar bölişi kerak. Lekin bundoq qaraşsa, orasida özi beş qavatli bino tuşib qolgan. Eskidan, sovet paytidan bor. Bu uç qavat bölsa, özi yonida beş qavat turibdi-ku, desa, uni ham sekin töğrilab çiqişyapti”, – dedi u.
Ya’ni qisqa qilib aytganda, Toşkent boş rejasidagi ayrim talablar özgarişi mumkinligi qayd etildi. Şuningdek, intervyu davomida tartibsiz qurilişlar, boylar va kambağallar hududi paydo bölayotgani, Çorvoqdagi kurort şaharça kabi masalalarda ham gaplaşilgan. Töliq videoni yuqoridagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, ayni e’tirozli çiqişdan söng Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov daraxtlarni kesişni qonuniylaştirişga urinişlarga qarşi çiqqandi.
Keyinroq esa yana bir deputat Javlon Abdullayev “daraxtlar banki” taşkil etiş taklifini ekologik jinoyatga tenglaştirdi. Ekopartiya vakili moratoriy sabab yil boşidan beri 453 mingdan ziyod daraxt kesilişi oldi olinganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uçun, MJtKning 79-moddasida daraxtni noqonuniy kesganlik uçun jazo çoralari belgilangan. Uni buzganlik fuqarolarga BHM 25 baravaridan 50 baravarigaça, mansabdorlarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça jarima solinişiga sabab böladi.