Viloyatlar orasidagi YPX muntazam postlari nihoyatda ko‘pligi tanqid qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi №377-sonli qaroriga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida ikkita — «Manguzar» va «Darband» muntazam YPX maskanlari qoldirilgan edi.

Hukumatning shu qarorida faoliyati tugatiladigan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlari ro‘yxati ham keltirilgan.

Hukumat qarori bilan Surxondaryoda 5 yil avval tugatilgan postlar ro‘yxati.

Ana shu keyingi ro‘yxatdagi postlarning ham ayrimlari yana faoliyat boshlagan, postlarda DYHXX avtomashinalari va YPX inspektorlari turibdi.

Denov tumanidagi Xayrobod aholi punktidagi post / Kun.uz

Vaziyatdan xabardor haydovchilarning aytishicha, bu postlar iyun oyi boshida g‘alla mavsumida hosil ortgan yuk mashinalari harakatini tartibga solish uchun faoliyat ko‘rsata boshlagan, g‘alla mavsumi tugasa-da, olib tashlanmagan.

Hozircha hech bir haydovchidan bu borada tahririyatga shikoyat kelib tushgani yo‘q yoki ijtimoiy tarmoqlarda biror norozilik bildirilmadi. Lekin eski postlar rasmiy xabar berilmasdan tiklangani ajablanarli.

Sho‘rchi shahriga kiraverishdagi post / Kun.uz

Surxondaryo viloyat IIB JXD va YHXB matbuot xizmati rahbari Elnur Abrayevning tushuntirishicha, bularning barchasi haydovchilar xavfsizligini o‘ylab qilinmoqda.

«Yoz faslida kunduz kuni kunlar qizib ketishi sababli, viloyatimizdagi haydovchilar uzoq manzillarga asosan tungi salqinda yo‘lga chiqishmoqda.

Ochig‘i, yozda haydovchi uxlab qolib avtohalokat sodir etishi kabi hodisalar birmuncha ko‘payganidan so‘ng shunday postlarni vaqtinchalik chora sifatida qo‘llashga majbur bo‘lmoqdamiz.