Mahsulotni çetga eksport qiliş böyiça saboqlar: Xorijlik xaridorlar bilan muzokaralar qanday olib boriladi?
|06:50 / 04.08.201811 4149 min
KUN.UZ tahririyati yurtimizdagi özlari işlab çiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam beriş maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solganidan xabaringiz bor.
Eksport böyiça mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksportiga bağişlangan maxsus video lavhalarimiz berib borilmoqda.
Oldingi mavzularimiz eksportga tayyorgarlik va xaridor izlaşga qaratilgan edi. Endi navbat — öşa izlanişlar natijasida topilgan çet ellik xaridorlar bilan muzokaralar olib borişga bağişlanadi.
Xaridor sizning mahsulotlaringizga qiziqişi bilan, aloqaga çiqadi va u bilan muzokaralar boşlanadi. Bunda sizning eksportçi sifatida, şartnoma tuzişgaça bölgan har bir bosqiçda özingizning taşabbusingiz juda muhim rol öynaydi. Bunga takliflarni yuborişingizdan to şartnomagaça bölgan barça xatti-harakatlar kiradi.
Muzokaralarni iloji bölsa özingiz yoki işonçli vakilingiz davom ettirsin. Muzokaralar turli aloqa vositalari bilan amalga oşadi:
• Elektron poçta orqali (yozişmalar);
• Telefon orqali
• Internet aloqa vositalari orqali (Skype, Viber, Imo, Watsapp, WeChat, Google Talk, Facebook messenger va hokazolar);
• va yuzma-yuz uçraşuvlar orqali.
Ye-MAIL YoZIŞMALAR: Ularga qanday javob qaytariş kerak?
Mavzuga oid
Köpçilik muvaffaqiyatli eksportçilar özlarining birinçi eksportiga faqat taşabbuslari orqali emas, balki savollarga töğri va aniq javob beriş orqali erişganlar. Köpçilik katta firmalar eksport sörovlarini olişadi-yu, lekin vaqtida va qoidali javob qaytarişmaydi. Albatta, bu bilan ular muvaffaqiyatli eksportçi böla olişmaydi.
Köpgina murojaat va buyurtmalar çet tilida keladi va ularni tuşiniş uçun biz malakali tarjimonga murojaat qilişimiz yoki özimiz mustaqil ravişda çet tillarida gaplaşişimiz kerak. Odatda, çet ellik xaridorlar sörovlarida mahsulotning narxi, uning texnik xususiyati va mahsulot yetkazib beriş şartlarini söraşadi. Sörovlar nafaqat şaxsan xaridordan, balki uning vositaçisidan yoki distribyuterlardan kelişi mumkin. Siz sörovlar kim tomonidan kelganligidan qat'i nazar ularga operativ tarzda javob berişingiz kerak.
Telefon orqali muzokaralar
Mahsulotingiz bilan tanişişni boşlaşganidan söng, sizga xaridorlar qönğiroq qilişni boşlaşadi. Qönğiroqlarga iş joyida, köçada, yölda yoki uyda bölişingizdan qat'i nazar, har doim ahloqiy va psixologik nuqtai nazardan javob berişga tayyor bölişingiz kerak. Muloqotda siz mahsulotingiz haqida aniq ma'lumotga va tasavvurga ega bölişingiz kerak. Şu bilan birga xaridor ham sizning mahsulotingiz va qanday şartlar bilan sotib olişi haqida töliq tuşunçaga ega bölişi lozim.
Bundan kelib çiqib aytiş mumkinki, xaridor har xil va kutilmagan savollar bilan sizga murojaat qilişi mumkin.
Sizni qay darajada professional, öz işining ustasi va muzokaralarga tayyorligingizni bir marta qönğiroq qoqiş orqali baholaydi. Şuning uçun, sizning iş stolingizda kerakli ma'lumotlarning hammasi (narxlar, mahsulot xususiyatlari, oylik işlab çiqariş hajmi) turişi va berilgan savollarga layoqatlilik bilan töliq va tuşunarli javob qaytariş, maqsadga muvofiq böladi.
Yuqorida sanab ötilgan yutuqlarga erişiş uçun muloqot vaqtini va mamlakatlararo vaqt farqini xam inobatga oliş kerak.
Hamma muloqot turlari birdek muhim örin tutadi. Agar siz telefon orqali muloqotlarni foydasiz deb hisoblasangiz, qattiq yanglişgan bölasiz. Telefon orqali katta-katta şartnomalar kelişib olinişi mumkin.
Şaxsiy uçraşuvlar: Muzokaralar
Muzokaraning asosiy bosqiçlari: muzokaraga tayyorgarlik, muzokara jarayoni va özaro bitimga keliş.
Muzokaraga tayyorgarlik
Muzokaralarni sifatli va samarali ötkaziş uçun, unga diqqatni jamlab tayyorgarlik köriş kerak. Muzokaralarni, iloji boriça mahsus muzokara xonalarida ötkaziş maqsadga muvofiq böladi. Şu bilan birga muzokaralar ikkala tomonga ham qulay joyda, tuşlik yoki keçki ovqat paytida, ofisda yoki boşqa xonalarda, çet elda yoki sizning şahringizda ötkazilişi mumkin. Muzokaralarda malakangiz qançalik çuqur bölmasin, ularga har doim şaxsan tayyorgarlik köring, çunki xaridoringizni madaniyati, va talabi har doim ham bir xil bölmaydi.
Agarda siz xaridoringizni özingizning iş joyingizga çaqirgan bölsangiz, oldindan maxsus xonani tayyorlang.
Muzokaralarda siz tomondan kamida ikki kişi iştirok etişi töğri böladi. Ikkinçi kişining iştiroki muzokaraning qaysi kayfiyatda ötişini, ayniqsa xaridorning hatti-harakati, uning mahsulotingiz va sizning takliflaringizga qaraşlari va kayfiyatini kuzatişga imkon beradi. Çunki çet el xaridorlari sizning qay darajada muzokara yuritişingizga, xulqingizga, ovozingizga va özingizga bölgan işonçga katta e'tibor berişadi va agar salbiy tomoningizni aniqlaşsa tijoriy emas balki qattiq muzokaralarga ötişi mumkin.
Muzokaralarda siz tomondan bir qança iştirokçilar qatnaşsa, ularga oldindan kim qaysi muzokara qismlarini va savollarga javoblarni öz mas'uliyatiga olişini tayinlang. Guruhingizga muzokara iştirokining aniq maqsadini tuşuntiring. Agarda, çet eldan kelayotgan xaridoringizni tilini bilmasangiz oldindan tarjimon bilan kelişib qöying.
Maqsadga maksimal darajada erişişga harakat qiling, hamkoringizni uçraşuvdan oldin qanday şaxs ekanligini örganib çiqing. Uning korxonasi veb-saytiga kiring, korxonaning darajasini va tadbirkorlikda erişgan yutuqlarini çuqur örganib çiqing.
Bu muhim! Agarda sizda, muzokaraga tayyorlagan rejangiz bölmasa, siz xaridoringiz rejasi asosida işlaysiz.
Muzokara jarayoni.
Iş etiketiga qat'iy rioya qiliş kerak. Bunga bir neça standart: qöl berib söraşiş, özini taniştiriş, vizitkalar bilan almaşiş, har bir tomon uçraşuvdan maqsadlarini aytib ötişlar kiradi.
Agar muzokaraga siz kelgan bölsangiz, taklif qilişni siz boşlang, agar xaridor sizga murojaat qilgan bölsa, ular özlari uçraşuvdan maqsadga ötişadi. Kayfiyatingiz yoki çarçagan bölişingizdan qat'i nazar, çet ellik xaridorga, döstonalik va oçiqlik bilan murojaat qiling va xaridorning sizga ajratgan vaqtiga minnatdorçilik bildirib, uning iş joyiga kelganligingizdan xursand ekanligizni va siznig mahsulotingizga qiziqiş bildirganiga xursand bölganligizni ayting.
Xaridor sizga savollar berayotganida qayta söramasligingiz uçun uni diqqat bilan eşiting. Odatda mahsulotingiz sifati va texnik xususiyatini söraydi. Agar korxonangiz şaxsiy bölsa, xaridorga korxonangiz asosçilari, uni yönalişi, qaçon asos topganligi va işlab çiqarişning texnologik jarayoni haqida söraş qiziq böladi va albatta har doim eng muhimi mahsulot narxi.
Xaridorlar özlari işlab çiqaruvçi, qayta işlovçi, treyder yoki vakil bölişlari mumkin. Narxlarni bering va xaridor taassurotiga qarang, çegirmalar berişga şoşilmang.
Agar ular siz bilan uçraşuvga qaror qilgan bölsa, ularda albatta siz va boşqa korxonalar narxlari haqida ma'lumot bölişi mumkin. Siz ularga mahsulot hajmidan şartli çegirmalar berişingiz mumkin.
Misol: Siz, agar xaridor 2 vagon mahsulotingizga oldindan pul tölasa, 5 foiz çegirma yoki 4 vagonga 10 foiz çegirma berişingiz mumkin.
Imkoniyatlaringizni aniq ifodalang, rostgöy böling, imkoniyatingizdan ortiğini va'da qilmang. Albatta, mahsulotingizni muhim jihatlarini muhokama qiling, qanday şikoyatlar bölişi mumkinligini oldindan ayting va uning yeçimini tuşuntiring.
Bitimga erişiş
Tuzilayotgan şartnomaning asosiy tomonlari: narx, tölov usuli, logistika, bojxona rasmiylaştiruvi uçun mahsulot bilan birga ketadigan hujjatlar va hokazolarni kelişib oling. Taklif va şartlaringizda aniq tuşunça bölişi uçun xaridorga şartnoma loyihasini bering.
Qatnaşuvçilar har doim hamkorlikning eng ma'qul bitimiga kelişga harakat qilişadi. Şuning uçun ham bahslar paydo böladi. Agar xaridor tomonidan berilgan savolga tayyor bölmasangiz, muzokaraga tanaffus sörab, korxonaning mas'ul xodimlari bilan maslahatlaşing. Şunga öxşaş holatlar sababli, muzokaralar soatlab, haftalab va hattoki oylab davom etişi mumkin.
Yodingizda tuting hamma narsani 100 foiz inobatga olişning yoki oldini olişning iloji yöq! Şuning uçun hamma qilingan harakatdan söng baribir tadbirkorlarga hos tavakkal ham qilişingizga töğri keladi.
Mabodo qandaydir masala böyiça kelişa olmayotgan bölsangiz, xaridor bilan iş boşlaş uçun, uni layoqatliligini tekşirib oliş uçun birinçi partiyani xaridor xohlayotgan narx va talablarga rozi bölavering, faqat bir narsani kelişib oling — keyingi partiyalar uçun boşqatdan gaplaşamiz, deb.
Muzokaralarning sirlari va mahoratlari böyiça juda köp maqola va kitoblar yozilgan. Ularni özingiz yanada köproq örganişingiz mumkin. Biz eng asosiy ma'lumotlar bilan ulaşişga harakat qildik.