11 fevral kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumanida ayollar uçun yangi qurilgan kunlik işçilar markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Markazda arzonlaştirilgan ovqatlaniş şoxobçasi, asbob uskunalarni ijaraga beriş tizimi, mehnat muhofazasi haqida tuşunça beruvçi körgazmali qurollar, madaniy hordiq çiqariş uçun imkoniyatlar (kutubxona, şaxmat-şaşka taxtalari) bor.
Xorij tajribasini örganib, markazda vaqtinçalik iş bilan ta'minlaşda autsorsing va autstaffing xizmatlari yölga qöyilgan. Umuman, bu yerda fuqarolarga 10dan ortiq xizmatlar körsatiladi.
Oçiliş marosimida Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova sözga çiqdi.

«Biz şuni tuşundikki, bir martalik mehnat bilan oilasini boqadigan fuqarolarimiz, ayniqsa ayollarimiz juda köpligini angladik. Biz sizlarni avvalgidek avtobuslarga ötqizib, yana kelgan joylaringga yuboriş haqidagi fikrdan qaytdik.
Biz sizlarni özingiz iş qidirayotgan joyda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining juda ham aniq, töğri işi orqali, mana bunday şaroitlarni yaratişning harakatini qildik. Lekin bu şaroitlar yaratildi, endi hammasi zör bölib ketadi, degani emas», – dedi Bositxonova.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning sözlariga köra, markazning işga tuşirilişi orqali iş izlovçilar örtasida muloqot qiliş uçun maydon yuzaga keladi.
«Markaz 200 nafargaça xotin-qizlarga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega. Bu yerda 5 nafar xodim ularga iş topişda konsultatsiya berişadi.
Iş tartibi juda oddiy: fuqaro markazga keladi, xodimlar u bilan individual iş olib boradi va uning şaxsiy ma'lumotlari elektron bazaga kiritiladi.

Iş beruvçi bilan işçilarni qanday boğlaymiz? JobCafe deb nomlanuvçi ilova ikki tomonni boğlab qöyişga xizmat qiladi. Markazda şakllantirilgan elektron bazaviy ma'lumotlar tegişli ravişda fuqaroning doimiy yaşaş joyidagi bandlik markazlariga yuboriladi. Fuqaro vaqtinçalik iş qidirib yurgan vaqtda uning yaşaş hududidan doimiy iş topişiga kömak beriladi», – dedi Nozim Husanov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.















