Toşkent şahrining Yangihayot tumanida yuk taşiş uçun möljallangan lift tezlaşib ketib, söng avtomatik tormoz tizimi işga tuşgan.

Keça, 18 iyun 16:15 larda Toşkent şahar Yangihayot tumani “Yangi Darxon” MFY, Navröz köçasida joylaşgan köp qavatli uyning yuk taşiş uçun möljallangan lifti yuqoridan pastga tuşayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlaşib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, 1-qavatga yaqinlaşganda liftning avtomatik tormoz tizimi işga tuşib töxtagan. 

Oqibatda liftda bölgan 11 nafar fuqarolar turli darajada yengil tan jarohati olib, RŞTYoIMga olib ketilgan. 

Hozirda şifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam körsatilmoqda.

Voqea joyiga FVV, şahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, prokuratura hamda SSB xodimlari çiqişgan.