Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi ikki davlat rahbarlari suratlarini e’lon qilgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Andrey Sibiga feysbukdagi sahifasida Jonsonning taşrifi Zelenskiy bilan yakkama-yakka uçraşuv orqali boşlanganini ma’lum qilgan. «Buyuk Britaniya - Ukraina mudofaasini qöllab-quvvatlaşda yetakçi davlat. Uruşga qarşi koalitsiya yetakçisi. Rossiya bosqinçilariga qarşi sanksiyalar böyiça yetakçi», deya yozgan Sibiga.
Juma kuni Jonson Kramatorskdagi vokzalga raketa zarbasi berilişiga va buning oqibatida şahardan evakuatsiya qilinişga tayyorlanayotganlardan 52 kişi halok bölişiga javoban Ukrainaga 100 mln funtlik qöşimça harbiy yordam yuborilişini ma’lum qilgandi. Yetkazib beriladigan qurollar orasida tankka va havo hujumiga qarşi raketa tizimlari, şuningdek, kamikadze-dronlar bor.
Dauning-Stritdagilar Britaniya boş vaziri «Ukraina xalqi bilan birdamligini namoyiş etiş uçun» Zelenskiy bilan şaxsan uçraşayotganini aytişgan. «Yetakçilar «Britaniya bundan keyin ham Ukrainani qöllaşda davom etişi» haqida gaplaşişgan, boş vazir yangi moliyaviy va harbiy yordam paketlarini e’lon qilgan», deyiladi Jonsonning ofisi xabarida.
Zelenskiy bilan uçraşgan britanlar boş vaziri «Ukraina barça prognozlarni yöqqa çiqargan holda Rossiya qöşinlarini Kiyev atrofidan çekintirib, XXI asrning eng buyuk harbiy jasoratini namoyiş etgani»ni bildirgan. «Prezident Zelenskiyning işonçli boşqaruvi va Ukraina xalqining yengib bölmas qahramonligi va jasurligi tufayli hozirda Putinning dahşatli rejalari barbod bölmoqda», degan Jonson.

Şu kunlarda Kiyevga Yevropa ittifoqi rahbariyati ham taşrif buyurgan, delegatsiya tarkibidan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, YeIning xorijiy işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili, taşqi diplomatiya rahbari Jozep Borrel va Slovakiya boş vaziri Eduard Geger örin olgandi. Ular Rossiya harbiylari çekinişidan keyin tinç aholi vakillari ommaviy öldirilgani dalillari aniqlangan Buça şahrida ham bölib, qurbonlarni xotirlaşgandi.

Şanba kuni Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga taşrif buyurgani













