Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga taşrif buyurdi.

U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, boş vazir Denis Şmigal va Kiyev meri Vitaliy Kliçko bilan uçraşuvlar ötkazadi.

Şuningdek, Nehammer Buça şahriga ham boradi.

"Prezident Zelenskiyning taklifiga binoan Kiyev va Buçaga taşrifim ukrain xalqi bilan birdamligimizni körsatişga xizmat qilişi lozim", - deyiladi Nehammerning bayonotida.

Avvalroq Kiyevga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya boş vaziri Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya taşrif buyurgandi.