Şifokorlarning pora olişini yaşiriş – oyni etak bilan yopişdek gap. Ularning nima uçun pora olişi, özi bemor berganini pora deb ataş mumkinmi-yöqmi — bu endi alohida masala.
Şifokorlarning pora olişidan yozğiramiz, xafa bölamiz. Şubhasiz, bemor oğir vaziyatda turganidan tamagirlik qilişni oqlab bölmaydi.
Lekin keling, boşqa bir jihatga e'tibor qarataylik: bizning nazarimizda hammasi poraxör körinadigan şifokorlarning aslida nari borsa 10-20 foizi «soqqa qilsa böladigan» deya baholanadigan joylarda işlaşadi. Bular – yirik şaharlar markaziy şifoxonalaridagi yetakçi mutaxassislar, tor soha vakillari (kardiolog, ginekolog yoki jarroh kabilar)dir. Lekin ular bu darajaga yetgunlariça köp narsadan voz keçganlari, ilm deb ter tökkanlari, tunlarni tongga ulaganlarini unutmaslik kerak. Boşqalarni kamsitmagan holda ularni şartli ravişda yuqori toifa deb olamiz. Aynan şu yuqori toifa tibbiyotni saqlab turadi aslida.
Endi tibbiyotning mutlaq köpçilik vakillari — qişloq vraçlik punktlari şifokorlari, umumiy amaliyot vraçlari, poliklinikalarda qoğoz töldiriş bilan umri ötayotgan mutaxassislar, tunlari navbatçilik qilibgina şifokor nomini saqlab yurganlar — işoning, tirikçilikka yetar-yetmas maoşga sabr qilib yaşab yurişibdi yoki öz ğururlarini nari surib, qöşimça işlar bilan şuğullanişyapti.
Örtaça şifokor örtaça oylik maoş oladi — bu taxminan 2 million söm degani. Endi bu pulga qanday tirikçilik qiliş mumkinligi töğrisida yozib, boşingizni qotirişga hojat yöq. Lekin şugina maoşning ham osmon qadar javobgarligi bor — bemor uçun siz şifokorsiz, oylikni olyapsizmi, davlat sizni öqitganmi, vazifangizni bajarişingiz şart! Balki siz kontrakt tölab, öz pulingizga öqigandirsiz, maoşingiz tirikçilikka yetmas, lekin buning kimga qiziği bor?
Qişloqdagi şifokorning holiga bir qarang — mol ham boqadi, dehqonçilik ham qiladi, kerak bölsa paxsa ham uradi. Axir u ham ne umidlar bilan 7-8 yil suyagu-ölik titkilab öqigan. Şu qişloğimga foydam tegsin deb qaytib kelgan. Qişloqda odam yötalsa ham unga qarab çopadi. Yaxşiyam xalqimiz inson qadrini biladi, xizmatini quruq qöymaydi. Ukol qildi deya ikkita non qistirib jönatadi. Lekin oxirgi paytlarda mana şu berganini minnat qilganlarning bir toifasi paydo bölayotirki, bu haqda quyida alohida töxtalmasak bölmas.
Yoki poliklinikadagi döxtirni olaylik. Eşigining oldi hamişa gavjum, lekin tuzalsa tuzalib ketaqolmaydigan bemorlarning daftarlari bir xirmon. Har taşrifga sahifa-sahifa töldirib taşlanadi. Bu yerda endi non beriş urf emas — saxiyroqlar beş-ön ming söm taşlab ketişadi. Şifokor şunga ham xursand, iqtisodiy jihatdan qaraganda şunday tuşumlarga ham şukr qilib, köça tozalaş, binoni ta'mirlaş, obuna, işidan taşqari uyma-uy yurib hammaning holidan majburiy xabar olişlarni ham içiga yutib bajaradi.












