O‘zbekiston | 10:01 / 18.03.2019
9046
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» reyslarida endi internet xarid qilish va Uzcard kartasi yordamida to‘lov qilish mumkin

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning yangi Airbus A320neo modelidagi samolyot o‘z qatnovlarini boshlagani xabar qilingandi.

Uzcard tizimi orqali internet xizmatlari uchun bank kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida, Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning billing tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratildi.

Endilikda, har bir yo‘lovchi taklif etilgan narxlarga binoan belgilangan megabaytlarni xarid qilishi va parvoz vaqtida undan foydalanishi mumkin.  Ushbu to‘lov jarayoni mobil uskunaga integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizim orqali hamda parvoz xodimi yordamida amalga oshiriladi.

Yangi samolyot 150 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta), qator qulayliklarga ega: zamonaviy dizayn, qulay va keng o‘rindiqlar va ularga joylashtirilgan dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimi, mukammallashtirilgan tovush izolyatsiyasi.  Wi-Fi tizimidan foydalanish imkoniyati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, mahalliy va jahondagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Mavzuga oid