Navoiy viloyati Navbahor tumanida yaşovçi 20 yoşli qiz Karmana tumani hududidagi köprikdan Zarafşon daryosiga özini taşlab, joniga qasd qildi. Uni qutqarmoqçi bölgan 46 yoşli erkak ham çökib, vafot etdi.

Kun.uz'ning aniqlaşiça, 2 aprel kuni Navbahor tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan D.A. Karmana tumani hududidagi köprikdan özini Zarafşon daryosiga taşlagan. Karmana tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan, «Qizilqum» Geologiya  qidiruv korxonasi işçisi bölgan Ş.P. uni qutqarib qolmoqçi bölib, ortidan suvga tuşgan. Oqibatda ikkisi ham çökib, vafot etişgan.

Voqea joyiga Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining qutqaruv otryadi yetib borgan. Soat 15:25 da çökib ketganlar topilib, suvdan olib çiqilgan. Ma'lum qilinişiça, hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navbahor tumanida yaşovçi 31 yoşli ayol eri uni öğil tuğmaslikda ayblab kelgani uçun özi va 3 nafar qizini poyezd ostiga taşlagandi.