2021 yil 1-çorakda budjet mablağlarini sarflaşda Namangan viloyatida 5,2 mlrd sömlik qoida buziliş holatlariga yöl qöyilgan. 

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boşqarmalari tomonidan 2021 yil 1-çorakda budjet mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan amalga oşirilgan işlar töğrisidagi ma'lumotda aytilişiça, Namanganda 5,2 mlrd söm mablağ sarflanişida qonun buziliş holatlari va boşqa xato-kamçiliklarga aniqlangan.

Mahalliy budjet mablağlarini maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd söm miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd söm), Jizzax (23 mlrd.söm), Andijon (19,8 mlrd söm), Toşkent (12,1 mlrd söm), Qaşqadaryo (11,4 mlrd söm), Surxondaryo (8,9 mlrd söm), Farğona (8,1 mlrd söm), Samarqand (7,9 mlrd söm), Xorazm (6,4 mlrd söm), Buxoro (6 mlrd söm), Namangan (5,2 mlrd söm), Navoiy (1,4 mlrd söm) viloyatlarida hamda Toşkent şahrida (16,5 mlrd söm) va Qoraqalpoğiston Respublikasida (21,9 mlrd söm) qonunbuziliş holatlari qayd etilgan.